Haqiqat-adolat haqida latifalar

Bir xonali uyga sig‘gan narsalarimiz 2 xonali uyga sig‘may qolishi allaqachon isbotlangan.
Chet tilini bilmaydigan insonlar lug‘atga qarab, bir amallab savol berib olishadi-yu, javobini tushunmay turaverishadi.
Maktabni ko‘k diplomga bitirib, kollejni ham ko‘k diplomga tamomladim. Endi institutga ham ko‘k bilan kiraman.
— Adajon, sirkka boraylik.
— Vaqtim yo‘q o‘g‘lim!
— Boraqolaylik ada! Sirkda ochiq-sochiq kiyingan chiroyli qizlar arslonni o‘ynatishar ekan.
— Arslonni ko‘rmaganimga ham ancha bo‘ldi o‘g‘lim...! Mayli ketdik! Ko‘rib kelaylik!
Amerikaliklar non o‘rtasiga go‘sht solib, gamburger deb atashdi.
Italiyaliklar xamir o‘rtasiga sir solib, pitssa deyishdi.
Turklar xamir ichiga qiyma solib, donar deb atashdi.
Ruslar xamirga kartoshka solib, pirashki deb atashdi.
O‘zbeklar xamir ichiga piyozdan to‘ldirib solib, go‘shtli somsa deb nom qo‘yishdi.

Er o‘zining sevimli mashinasi va xotini to‘g‘risida doim bir xil fikr bildiradi:
— Oxirgi payt juda ko‘p "kasali"chiqvatti.
— Birinchi qo‘l menman!
— Shoshib turganingda nuqul bir qiliq chiqaradi.
— Yili eskirib qoldi, yangisiga almashtirib olishim kerak.

Olmani “qars” etib tishlasangiz, ichida qurt sizga qarab turgan bo‘lsa yomon.
Agar olmani “qars” etib tishlasangiz, ichida yarimta qurt turgan bo‘lsa undanam yomon.
Futbolimizni yaxshilashni eng yaxshi yo‘li:
Oldin ularni hammasini dalaga haydash kerak. Keyin hozirgi hayotini qadriga yetib, ozgina tezroq yuguradigan bo‘lishadi.
Keksa yahudiyning joni uzilmoqda. U zaif ovozda:
— Mening rafiqam... shu yerdami?
— Ha, azizim...
— Bolalarim, shu yerdamisizlar..?
— Ha, otajon!
— Nabiralarim-chi...
— Shu yerdamiz, buvajon!..
Yahudiy oxirgi kuchini to‘plab:
— Unda oshxonadagi chiroqni katta xolang uchun yoqib qo‘ydinglarmi?!
Hamma rahbarlarni gapi bir xil!
“Ishlamasang bo‘sha! O‘rningga boshqa odam topaman!”
Lekin mehnat ta’tiliga chiqish uchun ariza yozsang:
“Ishni kim qiladi?” “Sizdan boshqasi tushunmaydi, qila olmaydi...!”