Haqiqat-adolat haqida latifalar
Lekin ishlamasa, darrov seziladi.
— Men kelasi hafta yana uylanmoqchiman.
Vrach:
— Sizni ogohlantirib o‘tmoqchiman. Ortiqcha jismoniy zo‘riqish va hayajonlanish hayot uchun xavfli!
Otaxon:
— Mayli, o‘lib qolsa, yana boshqasiga uylanaman!
— O‘xshash tomoni bitta! Huddi avvalgisidek, yangisini ham bizga o‘xshagan odamlar sotib olisholmaydi.
— Nega siz nuqul kunduz kuni o‘g‘irlik qilgansiz?
Ayblanuvchi:
— Kechasi ko‘p pul bilan yurishga qo‘rqaman-da.
— Hurmatli mijoz, sizga 120 daqiqa bepul qo‘shib berildi. Bir oy davomida foydalanishingiz mumkin.
— Bir oy? Bir haftada tugatsam ham bo‘ladimi?
— Bo‘ladi!
— Bir kunda foydalanib yuborsam-chi?
— Albatta bo‘ladi hurmatli mijoz!
— Bir soatda-chi?
— Buni iloji yo‘q-ku!
— Nega iloji bo‘lmas ekan?! Kompaniya ham, aloqa ham, xizmatlaring ham rasvo!
— Aytinchi, qaynonangiz bormi?
— Yo‘q! Qaynonam yo‘q!
Birozdan so‘ng sartarosh yana:
— Qaynonangiz bormi?
— Yo‘q dedim-ku sizga!
Sal o‘tgach:
— Qaynonangiz bormi?
— Nega hadeb qaynonam haqida so‘rayverasiz?
— Shunday qilsam sochlaringiz tikka bo‘lib, kesish oson bo‘lyapti.
"Akangdan qolgan kiyimlarni kiyasan!" degan brenddan kiyintirishgan.
— Men insonlarga "yo‘q" deya olaman!
— Bunga misol keltira olasizmi?
— Yo‘q!
Hech narsani bilmayman. Lekin bosh chayqab turaman.