Haydovchilar haqida latifalar

Xotin eriga debdi:
— Adasi haydovchilik guvohnomasiga o‘qisam degandim. Menga mashina olib berardingiz... Qarindoshlarnikiga borardik.
Eri:
— Sen mashina haydasang, qarindoshlarni ko‘ra olmaymizmi deb qo‘rqaman, xotin...!
YPH noziri avtomobilni to‘xtatib:
— Hurmatli haydovchi, siz hozirgina piyodaga yo‘l bermay qayrildingiz...
— Yo‘g‘-ye, bo‘lishi mumkinmas! Mana mashinamda videoregistrator bor...
Videoregistratordagi yozuvni sinchkovlik bilan tekshirib chiqqan YPH noziri haydovchining piyodaga yo‘l berganini ko‘ribdi.
Lekin haydovchi kun bo‘yi qilgan boshqa 4 ta qoidabuzarligi uchun jarimalar qog‘ozini haydovchining qo‘liga topshiribdi.
— Yaxshi yigit, siz uchuvchimisiz?
— Yo‘q.
— Nega unda shunday chiroyli qizni oldidan "uchib" o‘tyapsiz?
Ikki oʻrtoq tunda baliq oviga boribdi. Oʻzlari bilan dvijok olishgan ekan, uni eshakni ustiga bogʻlab qoʻyishibdi. Koʻlga yetib kelishganda, dvijokni eshakni ustiga turgan joyida ishlatmoqchi boʻlib yoqishgan ekan, eshak dvijok ovozidan qoʻrqib qochib ketibdi.
Ikki oʻrtoq eshagini qidirib ketayotishsa, oldilaridan baliq ovlab oʻtirgan otaxon chiqibdi.
— Ota, shu yerdan biror eshak oʻtmadimi? – deyishsa, otaxon:
— Yoʻq, eshak oʻtmadi. Lekin chiroqlari yoʻq bitta mototsikl rossa katta tezlikda oʻtdi, - dermish.
Ronaldo bilan Messi Farg‘onaga kelibdi. Ronaldo taksi to‘xtatib:
— Milliy stadioniga nechi pul bo‘ladi? - debdi.
Taksi haydovchisi:
— Besh ming! – debdi.
Ronaldo taksichiga:
— Ikki kishiga necha pulga olib borasiz? – desa, haydovchi hayron bo‘lib:
— Besh mingga olib boraman, - debdi.
Shunda Ronaldo Messiga qarab:
— Ko‘rdingmi? Bir tiyinlik hurmating yo‘q, - degan ekan.
Uchta yigit mototsiklda ketishyapti. O‘rtadagisi duduq ekan. Duduq:
— T-t-t-t-t...
Ruldagi:
— Tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Yanayam tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan ham tezroqmi?
— T-t-t-t-t...
— Bundan tez yurolmayman!
— T-t-t-t-t-yeshavoy tushib qoldi!!!
Kollej bitiruvchisi diplom oldi. Diplomni arqonga bog‘lab, asfaltni o‘rtasida sudrab ketyapti.
Hamma hayratda. Bir shofyor:
— Ha, ukam nimaga diplomni ergashtirib yuribsan? - dedi.
— Men buni orqasidan 3 yil yurdim, bu ham meni orqamdan yursin-da endi, - deya javob berdi.
Afandi dadasiga debdi:
— Dadajon, ikkita yangiligim bor. Biri yaxshi, ikkinchisi yomon. Qaysi biridan boshlay?
Dadasi:
— Yaxshisidan boshlayqol!
Shunda afandi:
— Yangi olib bergan mashinangiz zo‘r ekan. Poygada u bilan albatta sovrinlarni qo‘lga kirita olaman. Yomon xabarni aytsam, shu olib bergan mashinangiz bilan Kaptivani orqasidan yetib olibman, - debdi.
Bir mototsikl haydovchisi qoidani buzib, YPHdan qochib, ko‘p qavatli uylarni orasiga kirib ketibdi. Ularni chalg‘itish uchun mototsiklini o‘sha yerda qoldirib, katta yo‘lga chiqib tursa, inspektor kelib:
— Ho‘sh motosikl qani?
O‘g‘ri:
— Qanaqa mototsikl?
— Biroz avval qoidani buzib, mendan qochib kelayotganding-ku?!
— Bu nima deganing? Axir men piyoda aylangani chiqdim-ku...
— Aylangani chiqdingmi?
— Ha.
— Kaska kiyib olib-a??? Mototsikl bilan hujjatlarni ko‘rsat, - degan ekan inspektor.
Bir ayol taksi to‘xtatib boradigan manzilini aytibdi. Haydovchi:
— Nechi pul berasiz? - debdi.
Narxini aytibdi ayol.
— Ha, yo‘q! Benzin oshdi, kam bu puliz, - deb ketib qolibdi.
Yana taksi to‘xtabdi. U ham rozi bo‘lmabdi.
5-6ta taksidan keyin oxiri bittasi "O‘tiring" debdi.
Ayol taksichiga:
— Hamma taksichilar benzin oshdi deb olishmadi. Siz insofli ekansiz, - desa, haydovchi:
— Ha, yo‘q. Men kechagi benzinda yuribman, - dermish.