Haydovchilar haqida latifalar

Bir ayol taksi to‘xtatdi. Taksichi bir oz yurgandan keyin mashinani jo‘xorizorga buribdi. O‘rtasiga borgandan so‘ng, jo‘xorilarni tepib tekislabdi va choyshab yozibdi.
Ayol qo‘rqib:
— Iltimos, unday qilmang boshimda 1ta erim, 4ta bolam bor, - desa.
Taksichi:
— 1ta eriz, 4ta bolangiz bo‘lsa, meni 20ta tovug‘im bor. Undan ko‘ra tushib yordam bering, - dermish.
Haydovchilik guvohnomasini olishga imtihon ketmoqda:
— Ayting-chi, chorrahaning bir tarafida avtobus, bir tarafida yuk mashinasi, yana bir tarafida esa mototsikl turibdi. Qaysi biri birinchi bo‘lib chorrahani kesib o‘tadi?
— Taksichilar kesib o‘tadi.
— Nima? Taksi qayerdan kelib qoldi?
— Hech qaysi haydovchi bilolmayapti bu taksilar qayerdan kelib qolayotganini!
Ikkita Gai xodimi xizmat mashinasida ketayotishsa, oldidagi mashinaning oynasiga yopishtirilgan reklama yozuviga ko‘zi tushibdi: "Avtomobil sotiladi. Quyidagi telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling".
Gai xodimlari haydovchini telefonda gaplashgani uchun jarimaga tortmoqchi bo‘lib, e’londa ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilishibdi.
— Allo, e’lon bo‘yicha so‘ramoqchi edim.
— Ha, albatta. So‘rayvering, - debdi telefonini "Baland ovoz" rejimiga o‘tkazib qo‘ygan haydovchi.
Gai xodimi haydovchini gapga solaveribdi. Birozdan keyin Gai haydovchiga:
— Iltimos telefoningizni qo‘lingizga olib gaplashsangiz, yaxshi eshitilmayapti, - desa, haydovchi:
— Jon deb gaplashardim. Faqat ortimdan boyadan beri bittasi dumga o‘xshab ergashib kelyapti-da. Bilasiz-ku, bularga bahona topilsa, darrov to‘xtatishadi! - dermish.
Bir traktorchi yo‘lda beshta odamni pritsepiga mindirib, agar yo‘lda GAI chiqsa yotib olasizlar — debdi. Haydovchini bir payt GAI xodimi to‘xtatib:
— Aka, nimaga traktoringizga beshta odam mindirdingiz, bu mumkin emas-ku — debdi.
— Shunda, qani odam, bu yerda odam yo‘q, bu mollar-ku.
— Qanaqasiga odam bo‘lmaydi, unda kim bo‘lmasa — desa?
— Bular mollar, odam bo‘lishganida sizni ko‘rishganda yotib olishardi — debdi.
Taksi to‘xtatgan 4 ta yigit:
— Vokzalga tashlab qo‘yasizmi?
— O‘tiringlar!
Haydovchi:
— Rossa ichganmisizlar deyman-a, yigitlar?!
— Yo‘g‘-ye, nimalar deyapsiz?!
Haydovchi:
— Avtomobilni oldi o‘rindig‘iga to‘rttalangiz ham o‘tirib olganingizni ko‘rib so‘rayapman-da!!!
Haydovchilar yo‘lda biror xavf bo‘lsa, avtomobil chiroqlarini yoqib-o‘chirib boshqa haydovchilarni ogohlantirishadi. Yo‘llarimizda eng ko‘p uchraydigan xavfni bilishadi. DAN xodimini ko‘rib qolishsa...
Taksida ketayotsam, haydovchi mamnun ohangda menga gap boshladi:
— O‘z kasbimdan mamnunman. O‘zimga-o‘zim xo‘jayin. Hech kim menga buyruq bermaydi.
Shu vaqt haydovchini gapini bo‘ldim-da:
— Chorrahadan o‘ngga qayriling! - dedim.
Avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchasida:
— Sizni ogohlantirib qo‘yay, bugundan benzinning narxi oshdi.
— Yaxshi, menga kechagi benzindan ellik litr quying.
Militsiyaga bir erkak qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Allo, militsiya, xotinim yo‘qolib qoldi!
— Tinchlaning, qayerga ketgan edi xotiningiz?
— Do‘konga deb chiqib ketgandi...
— Xotiningizni belgilari: Bo‘yi? Soch rangi?
— Bilmayman, bo‘yini o‘lchab ko‘rmagandim. Sochini rangini har hafta almashtirib turadi. Oxirgisi yodimda yo‘q!
— Ko‘zini rangi-chi?
— Hecham ahamiyat bermaganman.
— Qanday kiyimda edi?
— Bilmayman ...
— Mashinada ketganmidi?
— Ha, ha. Mashinada!!! Lasetti. Rangi oq, 2015 yil, avtomat korobka, o‘rindiqlar charmdan, galogen chiroqli, qishki shinalar o‘rnatilgan, salonga monitor ham o‘rnatib bergan edim, - deb yig‘lab yuboribdi.
— Havotir olmang, mashinangizni albatta topib beramiz!
— Eh, agarda podshoh bo‘lganimdamidi, uncha-muncha podshohdan zo‘r yashardim! O‘zimga xon, o‘zimga bek bo‘lardim, kechqurunlari kiraga ham chiqib turardim.