Haydovchilar haqida latifalar

— Taksi bilan ot-aravaning nima farqi bor?
— Hech qanday farqi yo‘q!
— Nega?
— Chunki ikkalasi ham yo‘lni xohlagan joyida to‘xtab odam olib-tushiraveradi.
Qimmat mashinada ketayotgan kelishgan ayolni Gai to‘xtatib so‘rabdi:
— Nega mashinangiz oldida boshqa raqam, orqasida boshqa?
— Oldidagi birinchi telefonim raqami, orqadagisi ikkinchi telefon raqamim, - debdi ayol.
Bir kuni tank bilan zaporoj uchrashib qolibdi.
— Nega seni ichak-chavog‘ing noto‘g‘ri joyda joylashgan? – deb kulibdi tank zaporojni ustidan.
— Seni boshing chirpirak bo‘lib aylanyapti, men hech narsa demayapman-ku! - degan ekan zaporoj.
Bojxona ko‘rigidan o‘tayotgan avtomobil egasining telefoni jiringlab qolibdi: “Allo, ha bojxonadaman. Olib ketyapman. Yo‘q, hali topa olishmadi!
Haydovchilik guvohnomasiga o‘qiyotgan ayolga instruktor debdi:
— Men mashinani to‘xtating desam, siz nima qilyapsiz?
Ayol:
— To‘xtayapman-ku?
Instruktor:
— Mashina to‘xtasin, miyangiz ishlashdan to‘xtamasin!!!
Bir yigit mashina haydab ketayotsa, YPH xodimi to‘xtatib debdi:
— Hurmatli haydovchi, hujjatlaringizni taqdim etsangiz.
Haydovchi yigit:
— Meni kimligimni bilasizmi? – debdi mashinada o‘tirgan holda kerilib.
YPH xodimi:
— Yo‘q, bilmayman. Hujjatlaringizni taqdim etsangiz... – debdi yana.
— Qo‘chqorov degan odamni taniysizmi?! – debdi haydovchi.
— Ha, taniyman, - debdi YPH xodimi.
Haydovchi:
— Men o‘shani o‘g‘li bo‘laman, - desa, YPH xodimi:
— Iye, Qo‘chqorov menman-ku! Bu yoqqa tushchi o‘g‘lim. Nega seni avval hech ko‘rmaganman?! – dermish.
Haydovchilik guvohnomasiga o‘qiyotgan ayolga instruktor debdi:
— Men to‘xtang deyapman. Siz nima qilyapsiz?!
Ayol:
— To‘xtayapman...
Instruktor:
— Mashina to‘xtasin, sizni miyangiz emas!
— Allo, o‘rtoq qayerdasan?
— Avtobusda, kelyapman!
— Tezroq bo‘laqolgin...
— Yaxshi. Hozir, haydovchiga aytaman!
Ziqnaroq bir odam taksi to‘xtatib so‘rabdi:
— Falon joygacha borsam, qancha bo‘ladi?
Taksichi unga:
— 10 ming bo‘ladi, - debdi.
Haligi odam pulni eshitib:
— Unda shu yuklarimni o‘sha joyga olib borib tashlang. Men orqangizdan yugurib yetib olaman, - dermish.
Eshigi ochiq holda yurib ketayotgan marshrutka haydovchisi orqaga o‘girilib debdi:
— Bu nimasi? Eshikni yopinglar!
Orqa o‘rindiqlardan birida ketayotgan ayol norozi ohangda:
— Ichkari juda issiq. Biroz eshiklarni ochib ketaveraylik! – desa, haydovchini jahli chiqib:
— Esingiz joyidami? Yo‘lda kimdir tushib qolsa-chi?! – debdi.
Yo‘lovchi ayol haydovchiga javob beribdi:
— Havotir olmang! O‘zim yo‘l kira haqqini to‘lab yuboraman...!