Haydovchilar haqida latifalar

Bir bolakay maktabga ketayotsa, yoniga taksi kelib to‘xtabdi-da:
— O‘tir olib borib qo‘yaman, - debdi haydovchi bolaga rahmi kelib. Bolakay mashinaga chiqibdi-yu, haydovchiga savol bera boshlabdi:
— Otam harbiy, onam militsiyada ishlasa, men kim bo‘laman?
— Yaxshi harbiy bo‘lasan.
Bolakay yana so‘radi
— Agar otam o‘qituvchi, onam esa bog‘cha tarbiyachisi bo‘lsa, men kim bo‘laman?
Haydovchi:
— Murabbiy bo‘lsang kerak.
Shunday qilib bolakay savol beraveribdi. Oxiri haydovchi jahli chiqib, bolaga o‘girilibdi-da:
— Agar otang bema’ni, aroqxo‘r, qimorboz bo‘lsa, onang betayin buzuqi bo‘lsa, sen kim bo‘lasan?
Shunda bolakay:
— Taksichi bo‘laman, - degan ekan.
Yoqilg‘i quyish shahobchasiga yengil mashina to‘xtab, ichidan bir olifta ayol tushib, kassaga pulini to‘lab, kelib qarasa, mashinani eshigi qulflanib qolibdi. Kalit esa mashinani ichida qolib ketgan ekan. Shu yerda ishlaydigan yigit ayolni qo‘liga sim berib, oynasini tirqishidan tiqib, eshikni ochishi mumkinligini aytibdi. Bir payt qaytib kelib qarasa, boshqa bir mashina egasi, erkak kishi qotib kulayotganmish. Sababini so‘rasa, haligi erkak:
— Anavi ayol mashinasini oynasidan sim tiqyapti, eshikini ochaman deb, - debdi.
Yigit bo‘lsa:
— Eshigi berkilib qolgan ekan, men aytdim. Shu kulgilimi? - desa, erkak yana kulib:
— Mashinani ichida dugonasi bor ekan, simni qaysi tomonga tiqishni ko‘rsatyapti, - dermish.
GAI xodimi avtomobilni to‘xtatib dedi:
— Nega tuneldan o‘tayotganda chiroqni yoqmadingiz?
Haydovchi:
— Men boshqa shahardan kelganman. Bu tunelni chirog‘i qayerdan yoqilishini bilmayman...!
Bir qiz shofyor yigitga turmushga chiqibdi. Oradan vaqt o‘tib, qiz uyiga eridan nolib qaytib kelibdi. Ota-onasi "Nima gap?" deb so‘rasa, qiz javob beribdi:
— Har kuni charchab keladi-da, ovqa - deb so‘rasa, onasi javob beribdi:
— Bugun borasan, yana uxlab qolib shu gaplarni gapirsa, yoniga kelasan-da, "to‘ldik, haydang deysan".
Bir kishi xotini vafodor ekanini tekshirmoqchi bo‘libdi. Ishga ketgandek bo‘lib, ko‘chada berkinib tursa, xotini chiroyli kiyinib, uyidan chiqibdi-yu, bitta mashinaga o‘tirib ketibdi.
Eri ham bildirmasdan, taksiga o‘tirib, sekin o‘sha mashina orqasidan ketaveribdi.
Xotini borib, bir tungi klubga kirib ketibdi. Boyaga erkak taksichiga:
— Og‘ayni, anavi kirib ketgan ayol, mening xotinim bo‘ladi. Shundoq ichkariga kirgin-da uni olib chiq, istagan pulingni beraman, - debdi.
— Gap yo‘q, hozir olib chiqaman! - deb kirib ketibdi. Birozdan keyin taksichi bir ayolni qo‘lidan ushlab olib chiqib, — Aka, mana buni ushlang! - desa, er:
— Esing joyidami? Bu meni xotinim emas-ku! - debdi.
— Siz ushlab turing, qo‘yib yubormang! Bu mening xotinim. Hozir siznikini olib chiqaman, - dermish.
Direktor yangi haydovchini ishga oldi. Birinchi ish kuni. Boshliq so‘roq qilyapti:
— Ismingiz nima?
— Familiyam Mahkamov.
— Men sizdan ismingizni so‘radim?
— Ismim Dadajon.
— Haydang Mahkamov.
Bir kuni GAI xodimi haydovchiga:
— Qani, "Kuf" deng-chi, - debdi.
Haydovchi darhol tekshiruvchini cho‘ntagiga yuz mingni solib qo‘yibdi.
Pulni olib, yana "Kuf" deyishini talab qilibdi. Shunda haydovchi yana ellik ming beribdi. GAI xodimi esa:
— Yo‘q! Birinchi galdagidek "kuflang", - dermish.
Uchta jinni mototsiklga o‘tirib ketayotishsa yo‘lda ularni GAI to‘xtatibdi.
Jinnilardan biri GAI xodimiga qarab:
— Ko‘rmayapsizmi? Sizga joy yo‘q! - degan ekan.
Bir odam «Zaporojets» mashinasini servisga olib kelib ustaga debdi:
— Mashinamga titan disklar qo‘ydirmoqchi edim.
— Bir million bo‘ldi.
— Yana «Ferrari»ni motorini ham.
— Besh million to‘laysiz.
— Tyuning o‘rnatib bersangiz, ichidan va tashqaridan!
— Uch million qo‘shasiz.
Mashina egasi hayron bo‘lib:
— Hazillashyapsizmi?! - desa, usta:
— Siz birinchi boshladingiz-ku hazilni, - degan ekan.
Bir chol katta bochka ortilgan arava haydab ketayotsa, yo‘l bo‘yida turgan ikki «GAI» xodimi uni to‘xtatib:
— Ha, ota, nima olib ketyapsiz?
— Qayrag‘och sharbati..
— E, qoyil. Bunaqasini eshitmaganmiz! Bir kosadan quysangiz, qo‘yib yuboramiz!
— Bemalol ichaveringlar!
— Hmm... Taxirroq ekanmi?.. Mayli, oqsoqol haydang..
— Chu, Qayrag‘och!