Kaltafahmlar haqida latifalar
"Hammamiz uyda o‘tirganimizda ko‘chalarda mashinalarimiz bemalol yurardi-ya..."
— Menga qachon uylanasiz?
— Bir folbin aytdi, meni birinchi xotinim vafot etarmish. Birinchi boshqasiga uylanib, undan keyin senga uylanaman.
Qani chiq bu yoqqa! - debdi kartoshka ekkan dehqon qo‘ng‘izga qarab.
— Yoshingiz nechida?
— 17da.
— Oliy ma’lumotlimisiz?
— Ha. Mana diplom.
— Qanday qilib 17 yoshda oliy ma’lumotli bo‘ldingiz?
— Bu diplomni ko‘chadan topib oldim.
— Sizni ism, familiyangizga diplom yozilgan ekanmi?
— Yo‘q. Pasportimni diplomda yozilgan ism, familiyaga o‘zgartirib olganman.
— Nima bo‘ldi?
— Yonib ketdi.
— Protsessorimi?
— Ha.
— Monitori-chi?
— U ham yonib ketdi.
— Sichqonchasi butun bo‘lsa kerak?!
— Yo‘q, sichqonchasi ham yonib ketdi.
— Qanaqasiga?! Bunday bo‘lishi mumkinmas...!
— Nega mumkinmas!? Mumkin! Meni uyim yonib ketdi.
— Boyib ketganingizni siri nimada?
— 10 yil ablah bo‘lganman.
— Keyinchi?
— Keyin ablah bo‘lib qolaverganman!
Shu bir oy ichida ko‘p pul ishlab topishim, uy, mashina olishim, uylanishim va farzandli ham bo‘lishga ulgurishim kerak.
Bu meni yil boshida rejalashtirgan ishlarim edi.
Rejali ish qildeb o‘rgatishar edi kattalar...
Yaxshi-yam men o‘sha vaqt uxlamay, baraban chalayotgan bo‘laman!