Kaltafahmlar haqida latifalar

Bir odam daryoda cho‘ka boshlabdi. Bor ovozi bilan “Yordam bering! Pomogite! Help me!” deb baqirayotgan ekan, o‘tib ketayotgan bir kishi unga qarab:
— Shuncha tilni o‘rganguncha suzishni o‘rgansang bo‘lmasmidi?! – dermish.
Bir kishi o‘rmondan o‘tib ketayotib, daraxtlar ko‘pligidan rosa charchabti. Oxirgi to‘nkaga o‘tirib ichida “Qachon tugarkan bu daraxtlar?!” deb o‘ylanib qolibdi.
Yangi Kaptiva mashinasi svetorofda to‘xtasa, orqasidan Lasetti kelib qarsillatib uribdi. Kaptivadan baquvvat yigit tushib qarasa, orqadan urgan mashinani oynalari tonirovka qilingan ekan. Borib oynalarni sindirguday qilib ura boshlabdi. Bir payt qora oynalar tushirilgan ekan, ichida 2 ta qo‘riqchisi katta amaldor o‘tirgan ekan.
Kaptivani egasi unga qarab:
— Boyadan beri mashinangizni pulini kimga berishni bilmay chaqiryapman, - dermish.
— Telefonimni batareykasi yana o‘tirib qolibdi.
— Qayerga o‘tirib olibdi? “Tur” demaysanmi?!
Ikki do‘st suhbati:
— Seni vijdoning tozami?
— Mutlaqo toza! Biron martta ishlatmaganman.
Armiyada komandir askarlarga:
— Ho‘sh, hozircha mana bu yer, mana bu yer va mana bu yerdan chuqur kovlashni boshlayverasilar, men esa borib aniq qayerni kovlash kerakligini bilib kelaman.
Shifokorlar xonasida jarrohlar choy ichib suhbatlashib o‘tirishgan edi. To‘satdan xonaga yosh jarroh hovliqib kirib keldi:
— Iltimos, yordamlashvoringlar! Operatsiya xonasida bemorning qornini yorib qo‘ydim, endi u yog‘ini nima qilishni bilmayapman.
Afandi shustriy qizga uylanibdi, oradan uch oy o‘tgandan keyin xotini o‘g‘il tug‘ibdi, Afandi boshini qashlab xotinidan so‘rabdi
— Xotin ayollar odatda 9 oyda tug‘adi sen esa uch oyda tug‘dinga desa, xotini dermish:
— Voy adasi Manga uylanganizga qancha bo‘ldi?
Afandi:
— uch oy.
Sizga erga tekkanimgachi?
Afandi
— uch oy.
To‘yimiz bo‘lganigachi?
Afandi
— uch oy.
Uchovini qo‘shsa qancha bo‘ladi?
Afandi
— 9 oy!!! Shuni xisoblamabman xotin dermish.

Yigit qizga:⠀
— Barmoqlaringiz buncha uzun? Pianino chalasizmi?
Qiz:
— Yo‘q. Labarotoriyada probirkalar yuvaman.

— Do you speak English?
— Men-mi? Ha, shunaqa-yam speak qilaman-ki, ko‘rsangiz do deb yuborasiz...