Kinoteatrdagi tomoshabin oldida o‘tirgan kishiga dedi:
— Marhamat qilib shlyapangizni olib qo‘ysangiz! Biror narsa ko‘rarmikinman deb, chiptaga uch ming to‘laganman!
— Men ham boshqalar ko‘rib qo‘ysin deb, bu shlyapaga yigirma ming to‘laganman!
Ikkita do‘st djungli o‘rmonlarida sayr qilib yurishsa, oldidan yo‘lbars chiqib qolibdi. Birinchi yigit yerdan qum olib yo‘lbarsning ko‘ziga sepib yuboribdi-da, tezlik bilan daraxtga sakrab chiqib olibdi. Tepada turib do‘stiga:
— Chiq tezroq daraxtga, - desa,
Pastda turgan yigit:
— Nega? Axir yo‘lbarsni ko‘ziga qumni men sepmadim-ku, - dermish.
Bir cho‘pon tuya hammomni orzu qilibdida, degan iborani eshitib hayron bo‘lib yurar ekan.
Bir kuni ke bir borib ko‘ray, deb hammomga boribdi, cho‘milib maza qilgandan hammom degani zo‘r joy ekan, kelasi yil yana kelamanooov, degan ekan.
Bir odam kechki ziyofatdan mast bo‘lib kelib uxlab qolibdi. Ertalab derazasi taqqillarmish. O‘rnidan turib mastlikda deraza deb ko‘zguni oldiga borib:
— Senga nima bor? Bor yo‘qol alkash, - dermish.
Bir bangi tolni salqinida pista chaqib o‘tirgan ekan, qo‘lidan bir dona pista yerga tushib ketibdi. Shunda haligi bangi pistaga qarab:
— Ey, yonimga kel, - debdi.
Lekin pista joyidan qimirlamabdi.
Shunda bangi:
— Ey, yonimga kel deyabman, - debdi.
Lekin pista joyida turoveribdi.
Shundan keyin haligi bangi 5-6 ta pistani yerga sochib:
— Hoy, menga anavi pistani ushlab kellaring, - debdi.
— Menga qara, og‘ayni, marsliklarni o‘ldirganlik uchun qamashadimi?
— Ha, lekin jinnixonaga!
Afandining buzog‘i bo‘shalib ketib, yoyig‘liq turgan g‘o‘zani yeya boshladi. Afandi buzoqni quvlagan edi, u tutqich bermay shataloq otib ketdi. Afandi borib, bog‘liq turgan sigirni kaltaklay boshladi. Afandining xotini uning qo‘lidan kaltakni tortib olib:
— G‘o‘zani yegan buzog‘u, sigir bechorani nega urasiz?— dedi.
— Suv boshidan loyqa, bolasiga tarbiya bera olmagan, arqonini uzib, g‘o‘za yeyishni bolasiga onasi o‘rgatgan, ayb sigirda, — dedi Afandi.
Gabrovolikka bitta shisha zarur bo‘lib qoldi. U bitta shishani topdi, lekin unda ozgina yod qolgan ekan. Yodni to‘kib tashlash unga uvol ko‘rindi va u barmog‘ini shartta kesdi-da, unga bor yodni quydi va shundan keyingina shishadan foydalandi.
Afandi eski devor yonidan o‘tayotgan edi, arilar uni talab qoldi. Afandi qanchalik qochib, arilarni haydasa, ular shunchalik yopishar edilar. Oxiri achchig‘lanib yaxtagini yechdi-da, ari uyaga yaqin borib dedi:
— Chaq-a, padaringga la’nat, armoning qolmasin!
Azizjon minimarketda savdo qilib o‘tirsa, bittasi yugurib kelib:
— Novot bormi? - deb so‘rabdi.
Azizjon:
— Ha, bor - desa, boyagi odam:
— Shirinmi? - deb so‘rarmush.