Kaltafahmlar haqida latifalar
— Kiyimlarimni dazmol qilayotgandim, telefon jiringlab qoldi. Telefon deb dazmolni ko‘taribman.
— Ikkinchi qulog‘ing-chi? Unisiga nima bo‘ldi?
— Tez yordamga qo‘ng‘iroq qilaman deb, yana dazmolni ko‘tarib yuboribman-da...
— Ukam qulog‘in kerakmi?
— Ha, oka, albatta kerak!
Sartarosh bolani qulog‘ini shartta qaychilab bolani qo‘liga berdi. Sartarosh soch olishni davom etdi. Birozdan so‘ng sartarosh yana so‘radi:
— Ukam qulog‘ing kerakmi?
— Yo‘q! Yo‘q kerakmas!? Baqirdi bola qo‘rqib ketib.
Sartarosh bolani qulog‘ini shartta qaychilab axlat chelakka tashlab yubordi.
— Men suvsadim, suv ichgani ketayapman, - debdi.
2-tentak:
— Meni o‘rnimga ham ichib kel, - debdi.
Shunda 1-tentak ho‘p deb ketibdi. Bir ozdan so‘ng qaytib kelibdida, 2-tentakka qarab kulaveribdi.
2-tentak hayron bo‘lib:
— Ey, tentakmisan, nimaga o‘zingdan-o‘zing kulayapsan, - desa,
1-tentak:
— O‘zimni o‘rnimga toza suv, sening o‘rningga esa, iflos suv ichdim, - dermish
— Antarktidada bitta o‘q bilan kitni o‘ldirganman. O‘shanda Shimoliy qutbda o‘z qo‘llarim bilan oq ayiqni bo‘g‘ib qo‘ygandim.
— Sen qachondir o‘lik dengiz xaqida eshitganmisan?
— Kim ham eshitmabdi
— Ha-a, o‘sha dengizni men o‘ldirganman.
— Aytingchi, eringiz bilan nega ajrashmoqchisiz?
— U meni haqorat doim qiladi. Xotinim demay uradi, ...
Zalda g‘ala-g‘ovur ko‘tarilibdi:
— Bizni haqorat qilmayapti-ku, bizni urmayapti-ku, ...
— Nega menga jin deb laqab qo‘yishgan, qo‘limdan ko‘p ish keladimi?
— Yo‘g‘e, kim butilka ochsa sen paydo bo‘lasan-da
— Qaynonam kelganida dumini likillatganiga chiday olmadim.
— Uyingga bosqinchilar kirgani rostmi?
— Ha rost!
— Hamma pullaringni, tilla taqinchoqlarni berib yubordingmi?
— Ha, bir zumda olib chiqib berdim!
— Seni qizib turgan dazmol bilan qo‘rqitishibdi. Shunga bir pasta taslim bo‘ldingmi?
— Esing joyidami? Dazmol qizib-qizib, uyimdagi elektr energiyasi hisoblagichi falon pul yozishini kutishim kerakmidi!?