Kaltafahmlar haqida latifalar
— O‘g‘limni bilimi sal pastroq. Sizdan iltimos, osonroq savol bersangiz...
O‘qituvchi rozi bo‘libdi. Imtihon boshlanibdi. Navbat boyning o‘g‘liga kelibdi.
— Sizga oson savol beraman. Abdulla Oripovning "O‘zbekiston" she’rini kim yozgan? - debdi o‘qituvchi.
Haligi yigit o‘ylanib turib:
— Shukur Burxonov, – dermish.
Yigit qizga:
— Seni millating nima?
Qiz:
— Men bolgarkaman.
Yigit:
— Men esa drelman, - dermish.
— Qolganini nima qilamiz? - so‘rabdi yog‘furush.
— Orqasiga quy, - deb afandi kosani ag‘dargan ekan, ichidagi yog‘ to‘kilib ketibdi. Afandi ham ozginagina yog‘ni ko‘tarib, uyiga kelibdi. Yog‘ni ko‘rgan xotini qichqiribdi:
— Shu yog‘ni oldingiz xolosmi?
Afandi bo‘lsa:
— Ey nodon, ko‘p qichqirma! Bu yog‘ida ham bor, - debdi-da, kosani ag‘dargan ekan, qolgan yog‘ ham to‘kilib ketibdi.
Buzg‘unchini qo‘lga tushirgan askarni qahramon deb atab, undan intervyu olishibdi:
— Ayting-chi, dushmanni qanday qilib qo‘lga oldingiz?
Chegarachi Vanya minbarga chiqib, hikoyasini boshlabdi:
— Davlat chegarasini muhofaza qilib, qamish orasida o‘tirar ekanman, yonimdan mollar podasi o‘tib qoldi. Kutilmaganda sigirlardan biri podadan ajralib chiqib, yonimga keldi-da: «Davlat chegarasiga olib boradigan yo‘lni ko‘rsatib yuboring, iltimos», deb qoldi. Ana shundagina miyam ishlab, u begona sigir ekanligini fahmlab qoldim. Axir, mahalliy mollar yo‘lni yaxshi bilishadi-ku!
— Sakra!
Burga sakrabdi. Talaba uni tagʻin tutib, bir oyogʻini uzib olibdi. Soʻng stolda qoʻydi-da, buyuribdi:
— Sakra!
Burga bu safar ham sakrabdi. Talaba uni yana tutdida, qolgan oyogʻini ham uzib olibdi.
— Sakra!
Burga qimirlamay turaveribdi. Shunda talaba daftariga yoza boshlabdi: “Tajribalar shuni koʻrsatdiki, burganing eshitish organlari panjasida boʻlar ekan. Agar oyoqlaridan judo etsangiz, u qip qizil karga aylanadi-qoladi.
— Qara, men 10 dollar topib oldim!
— Malades, iye nimaga tashlab yubording?
— Qalbaki ekan.
— Qayerdan bilding?
— 10 da ikkita nol borligini ko‘rganmisan?
Bir kuni balkonda sigaret chekib tursa, pastdan ovoz kelibdi. Qarasa bitta odam "Aka pastga tushing, zarur gapim bor" - debdi.
Lift ishlamayotgan ekan, u pastga tushsa boyagi notanish kishi:
— Aka Ahmat akani uyi qayerda? - debdi.
Afandi ham "Yuring, ko‘rsataman" - deb, 9-etajga olib chiqib, "Ahmad akani uyi 1-etajda" - debdi.
— Bu soat endi hech qachon yurmaydi.
— Nega? – so‘rabdi egasi.
— Mexanigi qazo qilibdi, - debdi soatsoz.
— Qayoqqa ketyapsan?
— Suv ichib kelaman.
— Meni o‘rnimga ham ichib kel, - debdi sherigi.
Bir payt suv ichib kelayotgan do‘sti xursand, kulib kelayotganmish.
— Nega kulyapsan? – desa, do‘sti:
— O‘zim uchun toza suv ichib, sen uchun loy suvdan ichdim, - debdi.
— Yo‘q, ishga kirmoqchi edim. Rasmga tushib keling deyishdi.
— Rasmga tushishga chuqurni nima aloqasi bor? - desa Afandi:
— Ish joyiga yelkadan tepasini rasmi kerak ekanda, - debdi.
— Ha, nega unda uchta chuqur kavlayapsiz, - desa? Afandi:
— Ish joyidan uchta rasm so‘rashgandi, - deb javob bergan ekan.