Lof-yolgon haqida latifalar

Ikkita skilet ringa tushibdi. Biri ikkinchisiga qarab:
— Suyakka urish yo‘q, dermish.
Bir kuni baliq cho‘milishga boribdi, ammo sochiq yodidan ko‘tarilibdi...
Telefon jiringladi. 5 yoshli bola trubkani oldi.
— Allo dadang qani?
— Dadam hammomda!
— Oying qani?
— Oyim ham hammomda!
— Oyingmi, dadangmi hammomdan chiqsa menga telefon qilishsin!
— Ular hali beri chiqishmaydi, chunki mendan vazelin so‘rashganda, men bilmay "superkley" berib yuboribman.
Kunlardan birida karam cho‘milishga boribdi, kun issig‘idan yechinib, yechinib tugab qolibdi.
— Xotin nega ishonmaysan? Sendan keyin boshqa ayolni o‘lsam ham seva olmayman…
— Hammangizni ko‘rishga ko‘zim yo‘q!
Ikkita xo‘roz:
— Yur ketdik, aylanib kelamiz.
— Ha, qayerga?
— Tabakaga!
— U yerda nima qilamiz?
— Yalang‘och tovuqlarni tomosha qilamiz.
100-marshrutkada:
— Itingizni sal nariroqqa oling, ustimda burgalar sakrab yuribdi, — deb noroziligini bildirdi yo‘lovchi ayol.
— Qoravoy, yonimizdagi ayolni burga bosib yotibdi, pastga tushaqol.
Er komandirovkaga ketib baxtsiz hodisaga uchrabdi va ko‘zidan ajralibdi. Doktorlar ko‘z topolmay, buqaning ko‘zini qo‘yib berishibdi.
Uyiga kelib, qon to‘lgan ko‘zi bilan xotiniga qarasa, xotini oyoqlari qaltirab:
— Unaqa qaramang, hammasini o‘zim aytib beraman, - dermish.
Bir taksist qorong‘ida uyiga qaytayotsa, bir kampir to‘xtatib:
— O‘g‘lim meni qabristonga oborib qo‘y, - desa
Taksist o‘ziga o‘zi:
— Bu arvohmi yoki odammi?
Yo‘q yo‘lim boshqa tomonga deb ketibdi. Ozgina yurib qarasa, kampir yonida yugurib ketayotganmish. Tezrok haydab ko‘rsa, tengma-teng ketayotganmush. Taksist bu arvoh avariya qilib mendan alamini olmoqchi deb, mashinani to‘xtatib, eshiklarini qulflab, ko‘zini yumib o‘tirsa.
Bir payt o‘zini ozgina rostlagan kampir oynani taqillatib:
— Eshigingni och ko‘ylagimni eshiging qisib qoldi, - dermish.
Chaqaloq tug‘ilganidan gapirishni boshladi.
Birinchi so‘zi hola ekan, xolasi vafot etibdi.
Keyin tog‘a degan ekan, tog‘asi ham o‘lib qolibdi.
Keyin dada degan ekan qo‘shnisi o‘lib qolibdi.