Oila haqida latifalar

Xotin eriga:
— Dadasi, esingizdami turmush qurmasimizdan ilgari har bir uchrashuvimiz romantika edi. Kechalari tashqariga chaqirardiz, man uydagilardan bekinib oldizga chiqardim. Qanday mazza edi...
Xuddi shunday uchrashuvga taklif kiling! - desa,
Eri:
— Xo‘p Azizam, bugun kechqurun soat 22:00da bolalarni uxlatib, oshxonaga chiq choy ichamiz! - dermish.
— Apelsin qanaqa meva dada?
— O‘g‘lim, fantadagi meva - apelsin bo‘ladi!
Xotin ishdan qaytgan erini yoniga kelib:
— Oylik oldingizmi? Bermaysizmi? - desa, eri:
— Bugunmas! Bugun charchadim, - dermish.
Eri uyga rosa ham jahli chiqib kelibdi. Xotini ovqatni suzibdi, keyin erini ko‘nglini olish uchun:
— Xo‘jayin, ovqatim shirin chiqdimi?
— Haaa, rosa..., xuddi molni tezagiday shirin ekan, - desa.
Xotiniga ham alam qilib:
— Qoyil-ye dadasi, tatib ko‘rmagan narsangiz yo‘g‘-a.
Er xotiniga:
— Azizam meni quyoshim bo‘lishni istaysanmi?
— Ha albatta!
— Unda mendan 150 million kilometr uzoqda yur.
Xotin eridan so‘radi:
— Yana ichasmi-a? Yana ichasmi?
— Yo‘q. Xotin yana so‘radi:
— Ichasmi?
— Yo‘q.
— Ohirgi martta so‘rayapman, yana ichasmi?
— E, xoti—i—in, qo‘ymading qo‘ymading-da, xo‘p quy, dermish.
— Yana ichib oldingmi, yaramas?!
— Qayerdan bildingiz, dada?
— Laylaklar aytib ketdi
— Voy bo‘o‘o‘, men hali laylaklar bilan gaplashadigan darajada ichganim yo‘q lekin..
Ayol:
— Nahotki, menga mo‘ynali palto olib berishga og‘rinsangiz? Ko‘cha sovuq axir, o‘lib-netib qolsam, ko‘mish uchun po‘stinga qaraganda bir necha barobar ko‘p pul ketadi-ku?
— E-e, ko‘mish bir marta bo‘ladi, xotin!
Er-xotin yo‘lda ketayotsa, 2ta eshak turganmish, xotin eriga qarab:
— Dadasi qarindoshlariz, desa
— Ha, qaynonam va qaynotam, dermish.
Ota bola o‘tirgan ekan. Bola otasidan so‘rabdi:
— Dada, negrlar nimaga shokolad yeyishmaydi?
— Chunki ular qo‘lini tishlab olishdan qo‘rqishadi...