Oila haqida latifalar
— Yigitni ko‘rdingizmi, qizni naqadar sevar ekan. Siz ham shunday seva olasizmi?
— Ha, qiz chiroyli ekan, sevsa arziydi.
— Dadajonisi, qo‘shnimiz Mexrixonga o‘g‘li Moskvadan shunaqa syurpriz yuboribdi-ki, asta qo‘yaverasiz, "xa-xa-xa" Havotir olmang. O‘g‘limiz bizga bunday syurpriz, ya’nikim kelin, aslo olib kelmaydi, "xa-xa-xa", - desa
Oyposhaning eri xotiniga achinib qarab:
— Xotinjon, o‘g‘ling senga boshingda yong‘ok chaqib, maymunday o‘ynatadigan "yengil kavaleriyani" ya’nikim kelinni tayyorlab qo‘ygan, - dermish.
— Nima ham qilardik? Bugun yana chuchvara yerkanmiz-da.
— Juda besabrsizda! Bir soatdan beri ikki daqiqada tayyor bo‘laman, deb qulog‘ingizga tanbur chalayapmanmi?
— Xotinjon, senga keyinroq o‘zim telefon qilaman. Hozir so‘kinishning sira ham ilojisi yo‘q!
— Men baxtliman!
— Men baxtliman!, - degan sado qaytibdi.
— Men uylandim, - deb baqiribdi yana yigit.
Tog‘lardan esa:
— Battar bo‘l!, - degan sado qaytgan ekan.
— Hoy qiz, nega bu yerda turibsan, adashib qoldingmi?
Qizcha:
— Nega so‘rayabsiz, turib ham bo‘lmaydimi
— O‘zim shunday, uying qayerda?
— O‘zingiznikichi?
— Meniki chilonzorda! O‘zingizniki qayerda?
— Meniki ham Chilonzorda!
— Unda bu yerda nima qilyapsan?
— Sizni kutib turibman!
— Meni?
— Ha sizni dada!
— Iye, qizim Gulchapchap oying qani?!
— Qizim shakar solding.
— Oyijon men shirin choyni yaxshi ko‘raman.
— Qizim 5 qoshiq shakar solding deyapman.
— Shirin choyni judayam yaxshi ko‘raman.
— Shakarni sho‘rvaga solyapsan?!
— Ha, qayoqqa yo‘l oldingiz?
— Bozordan ot sotib olaman, - debdi eri.
— Xudo xohlasa deng adasi! – debdi xotini.
Eri bo‘lsa:
— Pulim bor. Bozorga ketyapman. Xudo xohlasa ham, xohlamasa ham aniq ot olaman, - deb bozorga ketibdi.
Bozorda yurib-yurib bir otni tanlabdi-da, cho‘ntagiga qo‘lini solsa, pullar yo‘q emish.
Uyga bo‘sh qaytgan eridan xotini:
— Ot qani adasi? – deb so‘rasa, eri:
— Xudo xohlasa kisavurlar o‘g‘irlab ketishdi, - dermish.
— Uxlayqol qizim. Hozir tushingda ajoyib ertaklar ko‘rayotgan bo‘lsang kerak, - debdi pichirlab.
Qizi esa shu zahoti ko‘zini ochib:
— Yo‘q adajon. Reklama tugamadi hali, - degan ekan.