Oila haqida latifalar

Er-xotin janjallashayotib er:
— Aybimni tan olaman. Bo‘ldi, men eshshakman! Yana nima istaysan...?
Xotin:
— "Ia" deb baqiring!
Jon berayotgan er xotinini chaqirib debdi:
— Esingdami armiyaga ketayotganimda, sen yonimda eding?
— Ha, esimda...
— Ishdan bo‘shab, uyda uch yil o‘tirganimda ham sen men bilan birga bo‘lganding!
— Ha...
— Avariyaga uchrab, yotib qolganimda ham oldimdan jilmading.
— Albatta, birga bo‘lgandim, yoningizda hamisha...
— Hozir jon beryapman. An’anaga sodiq qolasanmi? Shuni bilmoqchiman.
Bir oylik kelin ota uyiga arazlab keldi. Otasi so‘rabdi:
— Yana nima bo‘ldi qizim?
— Erim bilan urishib qoldim.
— Har safar qaynonang bilan urisharding-ku?
— Qaynonam shuncha javrasam ham indamay qo‘ydi, man ham kim bilandir gaplashishim kerak-ku.
Xotin eridan so‘rabdi:
— Azizim, agar men mabodo sizni tashlab ketsam, ko‘z-yosh to‘kmaysizmi?
Eri o‘ylani-i-i-ib turib:
— Ko‘z-yosh deysanmi? Har-har zamonda yig‘lab tursam kerak...
Xotini arazlab:
— Nega endi har-har zamonda? Har doim emas?
Eri:
— Ovqatga piyozni har doim ham to‘g‘rayvermasam kerak...!?
Soat 19:00. Ayol eriga Telegram'da yozmoqda:
“Sizga men kerakmanmi yoki o‘sha ulfatlaringizmi?!”
Soat 23:00. Er ayoliga javob yozmoqda:
“Albatta sen keraksan!”.
— Dugonajon, qanday qilib bu yigitni sevib qolding?! Peshonasiga yozib qo‘yibdi-ku uni, “xotinboz” deb!
— Peshonasiga yozilganmidi? Peshonasiga sochi tushib turgan ekan-da, ko‘rmay qolibman...
Bir yigit 17 yoshida o‘ylanibdi. U 25ga kirganda bolasi 7 yoshga kiribdi.
Bir kuni bolasini maktabdan olib qaytayotsa yo‘lni narigi tarafida 3 ta ketvorgan qiz kelayotganmish, shunda haligi bolasiga qarab o‘g‘lim man hozir anovi qizlani oldiga borganimda dadamas aka deb chaqirgin xop? Yana yomon tushunmagin, desa.
Bolasi:
— Hop, dada siz xijolat bo‘mang, o‘zi har kun ko‘chada oyimni opa deb o‘rganib ketdim dermush.
Xotin eriga debdi:
— Adasi, ishdan qaytishingizga somsa va palov pishirdim, yeysizmi?
Er:
— Albatta, kun bo‘yi faqat shular haqida o‘yladim...
Xotin:
— Men haqimda-chi?!
Er:
— Albatta seni ham esladim. Axir somsa va palovni sen pishirasan-ku!
Xotin eriga:
— Dadasi biz yaqinda bittaga ko‘payamiz, - desa eri xursand bo‘lib ketibdi.
— Rostanmi? Juda zo‘r bo‘pti-ku! O‘g‘il ekanmi yoki qizmi? – desa, xotini:
— Onam biznikiga ko‘chib kelyaptilar, - dermish.
Jarroh kuyov, qaynotasini operatsiya qilishga tayyorlanmoqda.
Qaynota:
— Ishga juda jiddiy qarang, kuyovbola! Shuni unutmangki, men o‘lsam, qaynanangiz shu kuniyoq qizinikiga ko‘chib boradi.