Oila haqida latifalar
— Nima bo‘ldi? - deb so‘rasa,
— Xotinim! - debdi.
— Xotining onasiniki ketgan deb o‘ylagandim?!
— Men ham shunaqa deb o‘ylagandim...
— Adasi, endi tushundim nega semirib ketayotganimni! Mana yozib qo‘yibdi qarang! "Ingichka tolalarni ham baquvvatlashtiradi". Endi men idish yuvish geli bilan cho‘milaman. Unda bunday yozilgan ekan: "Har qanday yog‘larni parchalab, sizni butunlay tashvishdan ozod qiladi"...
— Chekasizmi?
— Yo‘q.
— Ichasizmi?
— Yo‘q ichmayman.
— Jazmaningiz-chi bormi?
— Yo‘q, - desa, haligi er xotiniga qarab:
— Ko‘rdingmi, ichmagan, chekmagan, yurmagan erkakni ahvoli nima bo‘ladi?! - dermish.
— Azizim, men semizmanmi?
Er:
— Onasi, hamma narsani yaxshi tarafini ko‘rish kerak! Semiz bo‘lsang yaxshi-ku, ochiq qolgan kanalizatsiya quvurlariga tushib ketmaysan.
— Nega menga aroq ichishga ruxsat bermaysan!? Axir kap-katta odamman-ku!
Xotini bo‘lsa:
— Siz aroq ichib olgach, o‘zingizni ushlab turishni bilmaysiz! – desa, eri:
— Har safar ichganimda sekin o‘rganib boryapman-da! – dermish.
— Adasi, borib anavi bolalarni hammasini haydab yuboring! – debdi.
Eri:
— Nega xotin? – desa, xotini:
— O‘tgan kuni men ularga somsa olib chiqib tarqatgan edim. Kecha ular menga “Pazandalik sirlari” degan kitobni tashlab ketishdi...!
— Nega adasi?!
— Qo‘llaringni tushir! O‘ynama dedim senga!
— Zo‘r ashula ekan!
— Rulni ushla!!! Qayoqqa haydayapsan???
— Yangi deyishga ham tilim bormaydi. Baqirib-chaqirishidan ancha tajribasi borga o‘xshaydi.