Oila haqida latifalar

Xotin eriga debdi:
— Adasi, men homiladorga o‘xshayman. Endi nima bo‘ladi?
Eri:
— Nima bo‘lardi!? O‘g‘il yoki qizimiz bo‘ladi...
Mayxonada aroq ichib, kayfiyatsiz o‘tirgan kishi yoniga bir odam kelib:
— Nima bo‘ldi og‘ayni? - debdi.
— Xotinim bilan urushib qoldim. Men bilan o‘n kun gaplashmas ekan...- desa, boyagi odam:
— Ahvoling chatoq ekan-ku! - debdi.
U kishi yana aroqdan ichib:
— Gapirma! Bugun oxirgi kun, - dermish.
Er xotiniga jahl bilan dedi:
— Bilasanmi sen qanaqasan?!
— Qanaqaman? - dedi xotini xursand bo‘lib?
— Huddi meni jazolash uchun yaratilgandeksan!
— Azizim, menga uzuk olib bering.
— Uzukka pulim yo‘q!
— Unday bo‘lsa, ko‘ylak obering.
— Ko‘ylakka ham yo‘q pul...
— Og‘zimni yopish uchun hech bo‘lmasa saqich olib berarsiz?!
Qari chol aerodromga kelib uchuvchiga:
— Iltimos, meni kampirim bilan samolyotingda uchirib kelgin.
— Buni iloji yo‘q!
— Yo‘q dema bolam. Shu yoshga kirib, hali biror marta-yam osmonda uchmaganmiz. Samolyotga chiqish orzuimiz bor!
Uchuvchi rozi bo‘lib, chol va kampirni samolyotga chiqaribdi-da debdi:
— Faqat bitta shartim bor otaxon, agar baqirsangiz shu zahoti yerga qaytamiz.
— Xo‘p, baqirmayman, - debdi chol.
Samolyot havoga ko‘tarilibdi. Uchuvchi bor mahoratini ko‘rsatib, eng yuqori balandlikka chiqibdi. Tepaga , so‘ng zudlik bilan pastga sho‘ng‘ibdi, bir tomonga qayrilib uchibdi. Samolyotni charxpalak singari aylantirib tashlasa ham, chol-kampir indamasmish.
Yerga qo‘ngach, uchuvchi cholga qarab:
— Ha otaxon, qo‘rqmadingizmi? Rostini ayting, baqirib yuboray dedingizmi?, - desa, chol:
— To‘g‘risini aytganda, kampirim samolyotingdan tushib ketganda sal baqirib yuboray dedim bolam, - degan ekan.
Er:
— Xotin, bugun nima ovqat qilding? – deb so‘rasa, xotini:
— Qo‘y go‘shtli tovuq sho‘rva, - degan ekan.
Xotin eriga javray boshlabdi:
— Sizga nechi martta aytaman, ichimlik olayotganingizda qarang, sharbatlarga 100 foiz deb yoziladi.
Gazli ichimliklarga 50 yoki 80 foiz deb yoziladi. Nektarlarga 40 foiz deb!
Eri xursand bo‘lib:
— Ana aytdim-ku xotin, aroq - bu nektar deb, - dermish.
Er xotini bilan hazillashmoqchi bo‘lib debdi:
— Azizam, senga bir sirni ochishim kerak!
— Nima sir ekan?
— Meni kechira olasanmi?
— Ichimni qizdirmasdan, ayting tezroq!
— Bizni qizimiz seni farzanding emas...
Afandi xotini bilan ketayotsa, bir yigit chiroyli qizni qo‘lini qattiq ushlab olib she’r o‘qib berayotgan ekan.
Afandi:
— Hoy yigit, nima qilyapsan? Qo‘yib yubor qizni qo‘lini! - desa, yigit:
— Mashq qilyapman. Uylansam, xotinimni ko‘nglini olish oson bo‘lsin deyapman.
Afandini xotini eriga qarab:
— Uylanmasdan avval qo‘lingiz singanmidi?! - dermush.
Do‘stim seni xotining ham yoqtirgan ishlaringa qarshilik qiladimi?
— Yo‘q, qayta xursand bo‘ladi!
— Ha nima ish qilasan?
— Ovqat qilaman, sigir sog‘aman, choy damlayman.