Oila haqida latifalar

Er xotiniga maqtandi:
— Qara, qanchalik ko‘p baliq ovladim!
— Boshimni qotirmang! Qo‘shnimiz uyga kelishdan avval baliq sotadigan do‘konga kirganingizni ko‘ribdi…
— Nimasini aytasan… Baliq ko‘pligidan yarmini do‘konga topshirishimga to‘g‘ri keldi…
Bir kishi Rossiyaga ketmoqchi bo‘lib yo‘lga otlanibdi-da, o‘g‘lini yoniga chaqirib debdi:
— Men ishlash uchun uzoqlarga ketyapman. Onangga qarab yur. Agar begona erkak bilan gaplashsa, hovli etagiga qurgan yangi imoratdan bitta g‘isht olib qo‘yasan. Qaytgach, shu imoratga qarab o‘zim bilib olaman.
Oradan bir yil o‘tib, haligi kishi uyiga qaytsa, o‘g‘li yo‘q emish.
— O‘g‘limiz qani? - deb so‘rabdi xotinidan.
— Jinnixonada yotibdi. Yangi qurgan imoratni yiqitaverib, jonga tegib ketdi, - dermish xotini.
Xotin darg‘azab bo‘lib eriga:
— Gapingizning mazmunidan, siz uchun birinchi o‘rinda futbol, ikkinchi o‘rinda men turar ekanman-da!
— Sen hali ulfatlarim, ma’ishat va moshinam borligini butunlay unutib qo‘yibsan...
Bitta yigitni xotini arazlab ketib qolibdi. Yigit ishdan kelib, o‘zi osh pishirmoqchi bo‘lib qarasa, guruch yo‘q emish. Ro‘parasidagi xonadonda yolg‘iz ayol yashar ekan.
— Shu ayoldan guruch so‘rab chiqaman, - deb, ayolni eshigini qo‘ng‘irog‘ini bosib turib, o‘ylanib qolibdi. Hozir u chiqsa, guruch so‘rasam, osh qilishimni biladi. Keyin ilojsiz oshga taklif qilaman. U chiqadi, mehmonni hurmatidan shampan quyaman. Shu payt eshik ochilib, xotinim kirib kelib qoladi...
Shunday hayol surib tursa, eshikni qo‘shnisi ochib:
— Labbay qo‘shnijon, keling, - desa, yigit:
— Ey-y, guruching boshingdan qolsin! - deb ketib qolibdi.
Bir kuni shiringina Latifa, oyisidan so‘rabdi:
— Oyijon nimaga meni ismimni Latifa qo‘ygansiz? - desa
Afandi dadasi:
— Oying Tabassumxon, men Afandi bo‘lganimdan keyin, sen ham Latifa bo‘lasande qizim, — dermish
Er-xotin gaplashib oʻtirishsa, er debdi:
— Rossa qornim ochdi...
Xotini-yam hazillashmoqchi boʻlib:
— Meni yeyaqoling, - desa, eri:
— Jinnimisan, menga yogʻli ovqatlar mumkin emas-ku... – degan ekan.
Bir erkak uyga kelsa, xotini yotoqxonada yotgan emish.
— Bemahalda nega bu yerda yotibsan? - desa, xotini:
— Yuragim huruj qilib qoldi, - debdi.
Eri tez yordamga qo‘ng‘iroq qilish uchun yo‘lakdagi telefonga yugurib chiqsa, o‘g‘li debdi:
— Ada, shkafni ichida qo‘shni amaki o‘tiribdi!
Er yotoqga qaytib kirib, shkafni ochsa, haqiqatdan qo‘shni kishi kiyimsiz o‘tirgan ekan.
Shu payt erini jahli chiqib ketib, shkaf ichidagi qo‘shnisiga qarab:
— Anavi yerda xotinimni yuragi huruj qilib yotibdi, sen bo‘lsa shkafni ichida xotirjam o‘tirishingni qara! - dermish.
Ko‘p yillik er-xotin suhbati:
— Xotin anavi narsa qayerda edi?
— Boyagi yerga qo‘yib qo‘ygandim.
— Ha, topdim. Rahmat.
Agar sizni xotiningiz juda-yam uyquchi bo‘lsa, tongda budilnik tovushiga ham uyg‘onmasa, buni yo‘li oson:
Begona ayolni ismini aytib uyg‘oting!
Mini yubka va kalta maykadagi bir xotin narvon qo‘yib, oyna artayapti. O‘n minutdan keyin uning eri baqiribdi:
— Yig‘ishtir ishingni, pastga tush. Sening shu ahvolda oyna artayotgan rasmingni, Telegram'dagi kanallarga chiqarib yuborishibdi!