Oila haqida latifalar

Ertalab soat 4.00da uyga qaytib kelgan er sekin yotoqxonaga kirib yotmoqchi bo‘lib tursa, xotini uyg‘onib ketibdi.
— Nega buncha erta turyapsiz? - debdi.
Er:
— Osh boridi nahorda, - debdi-da, turib kiyinib chiqib ketgan ekan.
Material sotadigan yigit uylanib, ikki haftadan keyin bozorga olib chiqib sotadigan materiali qolmabdi.
Shogird ustozidan so‘radi:
—Ustoz, o‘zimdagi kamchiliklarni qanday bilib olsam bo‘ladi?
Ustoz javob berdi:
—Xotiningni birorta kamchiligini uni o‘ziga aytsang, nafaqat seni kamchiliklaring, balki butun urug‘-aymog‘ingni kamchiliklarini bilib olasan.
— Bundan buyon o‘g‘limizni tarbiyasi bilan o‘zim shug‘ullanaman,
— Juda yaxshi. Faqat o‘g‘limiz emas, qizimiz bor.
Nikoh o‘qish marosimidan:
Mirsaid qizi Gulmiraxon, Abdullajon o‘g‘li Azamatga turmushga chiqishga, u bilan borlikda ham, yo‘qlikda ham, salomatlikda ham, kasallikda ham, mastlikda ham, tetiklikda ham, chiroq, gaz, suv borligida ham, puli tugab o‘chib qolganida ham, kredit to‘langanda ham, to‘lanmaganda ham, kvartirada ham, o‘z uyingizda ham birga yashashga rozimisiz?
Qari otaxon nabirasi bilan ovqatlanib o‘tirishsa, nabirasi gapirmoqchi bo‘lib, endi og‘iz ochsa, bobosi:
— Ovqat paytida gapirib bo‘lmaydi, - deb tanbeh beribdi.
Ovqatlanib bo‘lgach, "Endi gapir" desa, nabirasi:
— Boya ovqatingizga pashsha tushib qolgandi, shuni aytmoqchi edim, - dermish.
Er-xotin ta’tilga otlanishibdi. Xotin:
— Bolalarni oyimnikiga, kuchugimizni qo‘shniga tashlab ketamiz.
Mushukni dugonamnikiga olib borib qo‘yaman, - debdi.
Eri o‘ylanib turib:
— Xotin, uyimiz shunaqa tinch bo‘lsa, qayerga ketamiz. Uyda dam olaqolaylik, - dermish.
Er uxlab yotgan xotinini tepasiga kelib "Eh xotinjon gapirmasdan jim tursang qanday go‘zalsan!" degan ekan.
Er-xotin gaplashib o‘tirib, xotini:
— Qanday tanishganimiz yodingizdami? - desa, eri:
— Ha. Men taksiga qo‘limni ko‘tarsam, sen yonimga kelib olgansan, - dermish.
Psixolog bir nechta ayollarga maslahat berayotgan ekan:
— Turmush o‘rtog‘ingiz bilan 5 daqiqalik urush bir haftalik umringizni qisqartiradi.
Shuning uchun eringiz bilan urushmang.
Bir ayol debdi:
— Unday bo‘lsa men allaqachon o‘tib ketgan ekanman-da!...