Oila haqida latifalar

Maktabda:
— Biz sizni o‘g‘lingiz ustidan shikoyat qilish uchun chaqirdik. U o‘zini maktabda juda-yam yomon tutadi.
— Uyda ham o‘zini yomon tutadi. Men sizlarni chaqirayotganim yo‘q-ku!
Er-xotin suhbati:
— Onasi, ertaga Eng yaqin do‘stimning to‘yi bo‘larkan. Anavi Djuliya Roberts ishtirokida.
— Nega buni oldinroq aytmadingiz? Men nima kiyib boraman to‘yga?
— Ey ahmoqmisan?! Bu kino-ku!
— Meni ahmoq dedingizmi? O‘tgan hafta Oqqush ko‘liga boraylik desam, qarmoq ko‘tarib chiqqaningiz esingizdan chiqdimi?

Bir ayol hikoya qiladi:
— To‘rt yoshli qizim shkafni ochib, kiyimlarni titaveradi. Bugun uni qo‘rqitdim,
— Shkaf ichida yomon amaki bor, ochsang seni o‘g‘irlab ketadi, deb.
Kechki payt erim bilan ovqatlanib o‘tirsak qizim yugurib kelib:
— Oyi, oyi! Shkaf ichidagi amaki ketdimi? deb so‘rasa bo‘ladimi!
Erimga tushuntirgunimcha bo‘larim bo‘ldi!...

— Maksim Galkin, xotiningiz Alla Pugachyova bilan urishib turasizmi?
— Yo‘q, aslo urishmaymiz.
— Buni siri nimada?
— Xotinlarni bahonasi bitta! "Yoshligimni xazon qilding!" deb aytadi eriga. Meni xotinim umuman bunaqa demaydi!
Ayollar erlarini gapini faqatgina bir holatda diqqat bilan tinglashadi:
Eri telefonda past ovozda "kim bilandir" gaplashayotganida.
Onasini yoniga o‘g‘li kelib debdi:
— Oyijon, 5 ming bering.
— Yo‘q. Pulni nima qilasan?! - debdi onasi jahli chiqib.
— Beraqoling oyijon... - debdi yana o‘g‘li.
— Yo‘q dedim senga! - debdi onasi.
— Agar 10 ming bersangiz, adam to‘g‘risida bir gap aytaman, - debdi bolakay ayyorlik bilan.
Onasi darrov 10 mingni beribdi.
— Ayt, nima sir ekan!
— Adamni yoniga bir ayol keldi. Ular mehmonxonamizga kirib uzoq gaplashishdi, - debdi o‘g‘li cho‘ntagiga 10 mingni solib, eshik yoniga yaqinlasharkan.
— Nimani gaplashishdi? - deb o‘takasi yorilay dedi ayolni.
— O‘g‘lingizni maktabda baholari pasayib ketyapti dedi u ayol, - deb ko‘chaga yuguribdi bolakay.
— O‘g‘lim, sovutkichda 2 ta shokolad turgan edi. Hozir qarasam, 1 ta qolibdi. Buni tushuntirib bera olasanmi?
— Tushuntirib beraman albatta. Qorong‘uda ikkinchisini ko‘rmay qolibman oyijon.
— Adajon, sirkka boraylik.
— Vaqtim yo‘q o‘g‘lim!
— Boraqolaylik ada! Sirkda ochiq-sochiq kiyingan chiroyli qizlar arslonni o‘ynatishar ekan.
— Arslonni ko‘rmaganimga ham ancha bo‘ldi o‘g‘lim...! Mayli ketdik! Ko‘rib kelaylik!

Dugonalar:
— Eringni tug‘ilgan kuniga qanday sovg‘a qilding?
— O‘sha kuni erim bilan urishmadim.

— Oyijon, bizga quyosh yaqinmi yoki Xorazmmi?
— Qaysi biri shu yerdan ko‘rinib turibdi?! Shunisi yaqin bo‘ladi-da!