Oʻqish-maktab haqida latifalar

Birinchi sinf o‘quvchisi o‘qituvchisiga savol berdi:
— Ustoz, odam qanday tush ko‘radi?
O‘qituvchi:
— Odamlar uxlagan payt sochlari tikka bo‘lib, antenna rolini bajaradi. Shunda bemalol tush ko‘radi, - desa, bir bola xafa bo‘lib:
— Meni dadam g‘irt kal. Unaqada umuman tush ko‘rolmas ekanlarda desa, O‘qituvchisi:
— Sen xafa bo‘lma, aksincha, seni dadang eng ko‘p tush ko‘radi. Chunki dadangni boshi parabolicheskaya antenna, - dermish.
O‘qituvchi dars vaqtida o‘quvchisini burchakka turg‘azib qo‘yib, qo‘yibdi:
— Sen shu ahvolda katta bo‘lsang kim bo‘lasan?!
Shunda o‘quvchi:
— Men katta bo‘lsam, quruvchi bo‘laman! Burchagi yo‘q sinf xonalar quraman...
O‘qituvchi “Yashash uchun kurash” mavzusida dars o‘tmoqda:
— Aytinglar-chi, kimsasiz orolga o‘zingiz bilan nima olib ketgan bo‘lardingiz?
— Men och qolmaslik uchun bir qop bug‘doy olib ketardim, - debdi Ma’ruf.
— Men esa bitta xizmatkor va sharob tayyorlash uchun uzum ko‘chatini olib ketgan bo‘ladim, - dermish Sharif.
Shunda Xamid o‘rnidan turib:
— Men orolga o‘zim bilan Ma’ruf va Sharifni olib ketgan bo‘lardim, - degan ekan.
Bitta domla aytgan ekan:
— O‘qib, talabalikni oltin davrini topdingmi?
— Yo‘q, - javob beribdi talaba.
— Nonga puling qolmagan payt - o‘sha oltin davr bo‘ladi. Qolgani esdan chiqib ketadi, - degan ekan o‘qituvchi.
Darsda:
— Aytchi Hasan katta bo‘lsang kim bo‘lasan?
— Men katta bo‘lsam boy bo‘laman, pullarim ko‘p bo‘ladi, xotin olaman, unga mashina, uy, yaxta tillolar oberaman! Chet ellarga aylangani obketaman!
— Yaxshi molodets! Senchi Akbar sen kim bo‘lasan?
— Men Hasanni xotini bo‘laman!
Bitta abituriyent tayyorgarlik ko‘rmasdan imtihonga kiribdi. Umuman hech narsani bilmas ekan. Huddi test savollarini ishlayotgandek o‘tiraveribdi. Qarasa, yonida bir yigit o‘zini variantini ishlab bo‘lib, o‘tirgan ekan. Haligi abituriyent asta turtib, shivirlabdi:
— Iltimos, meni testimni ham ishlab ber! Qancha so‘rasang beraman!, - degan ekan, haligi yigit unga uchta barmog‘ini ko‘rsatibdi.
— Roziman!, - degan ekan, darrov uni masalalarini ham javoblarini topib tashlabdi.
Imtihondan chiqgach, — Qancha beray? - deb, hozir yoki uch yoki o‘ttiz million so‘rasa kerak deb ichida o‘ylanib tursa, boyagi yigit:
— Ertalab imtihonga kech qolmaslik uchun taksida kelgandim. Uyga ketishga pulim qolmadi, uch ming so‘m ber!, - dermish.
O‘qituvchi o‘quvchisidan so‘rabdi:
— «Qand» so‘zini qo‘shib bir gap tuz-chi!
— «Ertalab qahva ichdim».
— Bu gapda «qand» so‘zi yo‘q-ku?
— Qand qahvaning ichida erib ketgan-da!
Muallim o‘quvchilarga "Agar men firma direktori bo‘lsam" mavzusida insho yozishni tayinladi. Hamma insho yozish bilan band. Faqat Boltavoy jimgina o‘tirardi. Muallim Boltavoyga qarab:
— Sen nega insho yozmayapsan?
— Kotibamni kutayapman, - dermish.
Maktabdan qaytgan oʻgʻil adasi gap boshlabdi:
— Sinfimizdagi Sarvarni adasi har kuni maktabdan olgan baholari uchun unga pul berar ekan. Masalan, “5” bahoga 1000 soʻm, “4” baho olsa – 500 soʻm, “3”ga 200 soʻmdan. Agar “2” olib kelsa, Sarvar yigʻgan pullaridan 1000 soʻm jarima toʻlashiga toʻgʻri kelarkan.
— Hoʻsh, doʻsting ancha pul yigʻibdimi?
— Qayoqda... Qarzlarini toʻlash uchun yakshanba kunlari paxta terimiga chiqyapti.
— Odil ayt-chi, Pushkinning "Tatyanaga maktub" asarini o‘qib keldingmi?, - so‘rabdi o‘qituvchisi.
— Yo‘q!, - debdi o‘quvchi.
— Nega?
— O‘zingiz aytgansizku, "Birovni maktubini o‘qish yomon odat" deb, - dermish.