Ozbekona haqida latifalar

Karantinda o‘tirish juda foydali ekan.
Bitta paketga 2078 ta, ikkinchi paketga esa 3020 ta grechka donasini solib bizni aldab yurishgan ekan insofsizlar! Bugun shuni aniqladim!

Do‘konga kirsam, rastalar bo‘m-bo‘sh! Hamma narsani olib ketishibdi. Un yo‘q, guruch yo‘q, grechka yo‘q, shakar yo‘q, ...
Janjal ko‘tardim. "Nega hech narsa yo‘q" deb baqirdim. 3 kishi meni haydab chiqarishdi. Nima emish?! Bu mebel do‘koni-kumish...!

Boshliq majlis o‘tkazayotsa, kimdir aksirib yuboribdi.
Hamma niqobda, boshliq kim aksirganini bilolmasdan:
— Kim aksirdi? - debdi.
Hamma jim!
— Kim aksirdi deyapman?!
Yana hamma jim!
Bir xodim sekin o‘rnidan turib "Tamomman endi" deb "Men, aksirdim boshliq" desa, boshliq:
— Sog‘ bo‘ling! - degan ekan.
Yigit:
— Men sizni sevaman.
Qiz:
— Kim bu?
Yigit yana:
— Men sizni juda qattiq sevaman.
Qiz:
— Kim bu deyapman? Menga bunday SMSlarni yozmang!
Yigit:
— Meni ikkita Kaptivam bor.
Qiz:
— Men ham sizni sevaman.
Yigit:
— Kim bu?
Qadrli erkaklar!
Agarda begona ayollar sizningcha o‘zingizni xotiningizdan yoshroq, chiroyliroq va ko‘rkamroq ko‘rinsa, demak ularning erlari yaxshi ekan! Sizlarga o‘xshagan emas!

Bir kishi omborida qo‘lbola aroq tayyorlar ekan. Chelakni ko‘tarib suvga chiqib ketib qaytib kelib qarasa, ikkita militsioner turganmish.
— Hm, samogon qaynatyapmizmi? – deyishibdi ular. – Tushuntirish xati yoz!
— Nima deb yozay?
— Borini yoz! Qanday bo‘lsa shunday!
Haligi kishi shunday deb yozib beribdi:
“Qarasam ombordan tutun chiqyapti. Yong‘in deb o‘ylab, chelakni suvga to‘ldirib chopib kelsam, ikkita melitsiya qo‘lbola aroq qaynatib o‘tirishgan ekan...”

Ishonchim komil! Oradan 50 yil o‘tib nabiralarim meni shu kunlarda uydagi divanda televizor ko‘rib yotganim haqidagi hikoyalarimni eshitib "Buvajon, g‘alaba uchun rahmat" deb aytishadi.
— Isming nima?
— Rahmat.
— Men seni ismingni so‘radim. Nega rahmat deysan?
— Meni ismim - Rahmat.
Kechasi serial ko‘rib o‘tirgan nabirasiga buvisi:
— Kirib yot! Kunduzi qaytaradi. O‘shanda ko‘rasan! - desa, nabirasi:
— Kunduzi to‘liq ko‘rsatmas ekan. Ayrim joylarini qirqib tashlashar ekan insofsizlar, - dermish.
Erkaklar xotinining "Mensiz qanday yashagan bo‘lardingiz-a?!" degan doimiy savoliga shirin hayollar bilan kulib qo‘yganini sezganmisiz?