Ozbekona haqida latifalar

O‘qishdan uyga qaytgan qiz jig‘ibiyron bo‘layotganmish:
— Nega “o‘zimga qaramay” o‘qishga borgan kunlarim yonimdan kelishgan yigitlar chiqib qolaveradi?!
Onasi:
— Qo‘ysang-chi! Toshkentda chiroyli yigitlar bunchalik ko‘p emasdir...!
Bir odam sehrli chiroq topib olibdi. Chiroqni ishqalasa, ichidan jin chiqib “3 ta tilak tila” debdi.
Haligi odam debdi:
— Menga 2 qavatli hovli bergin. Hovlini o‘rtasida Malibu mashinasi va mashina ichida yangi iPhone 11 Pro bo‘lsin. Bu birinchi tilagim!
Urush yillari ekan. Ikki askarimizni nemislar ushlab olib, qiynamoqchi bo‘lishibdi.
Nemislar birinchi askarni ichkariga olib kirib so‘rashibdi:
— Elektr stulda qiynaylikmi yoki urib qiynaylikmi? – deyishsa, askar:
— Stulga o‘tiraqolay. Urganingizga chiday olmayman, - debdi.
Nemislar askarimizni stulga o‘tqazishsa, bir payt tok o‘chib qolibdi.
— Omading bor ekan. Mayli, bor ketaver! Keyingisini olib kiringlar! - dyeyishibdi.
Askar tashqariga chiqib, sherigiga shosha-pisha: “Tok yo‘q, tok yo‘q” deyishga ulguribdi.
Nemislar ikkinchi askarni olib kirib, “Elektr stulga o‘tirasanmi yoki kaltak yeysanmi?” deyishsa, sodda askar “Tok yo‘q-ku!” – degan ekan.
Telegram abonentining qasamyodi:
“Men Telegram safiga kirar ekanman, so‘nggi zaryadim tugaguncha, oxirgi megabaytimni ham sarflab onlayn bo‘lishga, Spam bo‘lsam ham ''Deleted account '' qilmaslikka va’da beraman. Agar amal qilmasam ''Sonnecting ''ga mubtalo bo‘lay!”
Yaqindagina qizini turmushga uzatgan ota deraza oldida turib qudalar bilan xayrlashayotganmish.
Ona:
— Hoy adasi, nima qilyapsiz? Uyat bo‘ladi-ya! – desa, otasini jahli chiqib:
— Nima qilay, shimimni ham kuyov sarpoga qo‘yib yuborgan bo‘lsang!? - dermish.

To‘rt yahudiy va to‘rt o‘zbek Toshkentdan Moskvaga borish uchun poyezdga o‘tirishibdi. To‘rttala yahudiy har bittasi bittadan bilet olishibdi, o‘zbeklar bo‘lsa to‘rtalasi bitta bilet olibdi. Yahudiylar hayron bo‘lib, "bular nima qilar ekan, - deb kuzatib tursa.
Provodnik biletlarni tekshirishni boshlaganda, to‘rttala o‘zbek bitta tualetga kirib olibdi. Provodnik tualetda bitta odam bor, deb tualet eshigini taqillatib bilet so‘rabdi. Eshik qiya ochilib, bitta biletni ko‘rsatishibdi, provodnik o‘tib ketibdi.
Yahudiylar qoyil qolibdi va Moskvadan qaytishda, ular ham to‘rttasi bitta bilet olibdi, O‘zbeklar bo‘lsa birorta ham bilet olmabdi. Provodnik tekshirishni boshlabdi. Yaxudiylar yugurib tualetga kirib olibdi. Shu payt eshik taqillabdi. Yahudiylar biletni tashqariga uzatishibdi. O‘zbeklar biletni olib narigi tualetga yugurishibdi.

Bir odam o‘g‘liga:
— Bo‘ldi bas, men etgan qizga uylanasan.
— Axir dada, qanday qilib ko‘rmay, bilmay turib, uylanaman? Kim o‘zi u qiz?
— Hokimning qizi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Hokimni oldiga borib:
— Qizingizni so‘rab keldim, o‘g‘limga kelinlikka bersangiz.
— Iye, qiziq ekansiz-ku, tanimagan bilmagan odamga qizimni bervoraveramanmi, kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Ipoteka bankini boshqaruvchisi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
Bank boshqaruvchisiga borib:
— O‘g‘limni Ipoteka bankiga boshqaruvchi qilib ishga olsangiz.
— Iye, qiziq odam ekansiz-ku, duch kelgan odamni bank boshqaruvchisi qilib ishga olaveramizmi? Kim o‘zi o‘g‘lingiz?
— Hokimning kuyovi.
— Ha-a, unday bo‘lsa mayli.
ENG MAShHUR YoLG‘ONLAR.
— Seni laylaklar olib kelgan...
— Seni o‘ylab tuni bilan uxlay olmadim...
— Ayollarni xunugi bo‘lmaydi...
— Hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun...
— Xuddi siz uchun tayorlangandek sizga juda yarashdi...
— Men uchun eng muhimi qalb go‘zalligi, yuz go‘zalligi emas...
— O‘tirsangiz, osh pishayotgan edi...
— Bizni taklif qilishdi, lekin biz bormadik...
— Orqasidan gapiryapman, shu yerda bo‘lsa yuziga ham aytaman...
— Oxirgisini sizga sotayapman, bundan boshqa qolmadi...
Amerikalik turist o‘zbek bilan Samarqandni aylanib yurib:
— Bu yerlarda binolar past ekan, masalan manabu bino bizda bo‘lganida 10 barobar baland bo‘lardi, - debdi bir binoni ko‘rsatib.
O‘zbek:
— Ha, albatta axir bu jinnixonaku, - dermish.
Bir o‘zbek bilan tatar kafega kirishibdi. Tatar 3ta bulochkani hech kimga bildirmay cho‘ntagiga solib, o‘zbekka maqtanayatganmish:
— Qara, shipirish degani shunaqa bo‘ladi. O‘rgan, student! — desa
O‘zbek aytarmish:
— Shipirishni hozir senga o‘rgataman, — debdi.
O‘zbek sotuvchini oldiga borib:
— Xohlaysizmi, sizga fokus ko‘rsataman?
— Qani, ko‘riluchi?
— 3 ta bulochka bering!
— Mana!
O‘zbek 3 ta bulochkani sotuvchini oldida paqqos tushirib, og‘zini artayotsa, sotuvchi g‘azablanib:
— Bulochkani yo‘q qildingku, nomard! Shumi fokusing? — desa
— Bulochkangiz joyida, ana anu tatarni cho‘ntagini qarang, — dermish