Ozbekona haqida latifalar

Messi:
— Men buyuk Messiman!
Ronaldu:
— Men buyuk Ronalduman!
Ermatov:
— Men uchun senlar 10chi va 7chi raqamsanlar!
Tezyurar poyezd. Yo‘l kuzatuvchisi har bir kupega kirib iltifot bilan murojat qilyapti:
— Chet elliklar bormi ?
Barcha kupelarda "Yo‘q" deb javob berishibdi.
Kuzatuvchi yo‘lakka chiqib baqirdi:
— Teshavoy! Konditsionerni o‘chiraver! Hammasi o‘zimiznikilar ekan!
Futbol jamoasi murabbiysi o‘z lavozimidan ozod etilar ekan, o‘rniga yangi saylangan murabbiyning qo‘liga 3 dona raqamlangan konvertda xat tutqazibdi va debdi:
— Bu konvertlarni hozir ochmagin! Og‘ir damlaring kelganda birin-ketin ochaverasan...!
Oradan ozgina vaqt o‘tib, komanda yana mag‘lubiyatga uchray boshlabdi. Shunda murabbiy 1-raqamdagi konvertni ochibdi. U yerda: "Hamma aybni menga ag‘daraver!" deb yozilgan ekan. Murabbiy shunday qilibdi.
Oradan yana vaqt o‘tibdi. Mavsum tugab, ketma-ket mag‘lubiyatlar komanda murabbiysini og‘ir ahvolga solib qo‘yibdi. 2-raqamli konvertni ochganida u yerda "Katta va’dalarni ber!" degan yozuv o‘qibdi. Yana ma’lum vaqt murabbiyni tinch qo‘yishibdi.
Uchinchi yil mag‘lubiyat! Hech qanday g‘alaba yo‘q! Muhlislarning noroziliklari! So‘nggi konvertni ochgan murabbiyni ko‘zi shu yozuvni o‘qibdi: "Xatlaringni yozaver!!!"
Oltin baliqcha dengiz hukmdoriga shikoyat qilib boribdi:
— Meni istaklarni bajarish vazifam buyicha litsenziyani qaytarib oling.
— Nega?
— O‘zbekistonlik futbol muxlislari mamlakatimizni jahon chempionatiga chiqarib ber deya tilak bildirishib, meni qiynab yuborishdi. Men ularni tilaklarini bajara olmayman.
— Mayli, unda Babayan bilan Qosimovning murabbiyylik litsenziyasini ham birga qo‘shib olib kel.
— Futbolchilar gol ura olishmasa, "oyoqlari qiyshiq" deymiz.
Balki ularning ko‘zlari g‘ilaydir!?
Haydovchilik guvohnomasini olishga imtihon ketmoqda:
— Ayting-chi, chorrahaning bir tarafida avtobus, bir tarafida yuk mashinasi, yana bir tarafida esa mototsikl turibdi. Qaysi biri birinchi bo‘lib chorrahani kesib o‘tadi?
— Taksichilar kesib o‘tadi.
— Nima? Taksi qayerdan kelib qoldi?
— Hech qaysi haydovchi bilolmayapti bu taksilar qayerdan kelib qolayotganini!
Nega Paxtakor kuz kelganda chempionatda 1 o‘ringa chiqib oladi, - deb so‘rabdi bir muhlis.
Unga javoban direktor:
— Shuni ham bilmaysizmi? Kuzda paxta yetiladi, - degan javob berdi.
— Unda Neftchi neft kyelishi uchun Arablarni chempionatiga yo‘l olishi kerak ekanda?
Yaponlar bitta so‘kinganda 1 daqiqa minut oldinga o‘tib qoladigan soat ixtiro qilishibdi. Tekshirish uchun soatni yapon bariga ilib ko‘rishibdi. Ertasiga qarashsa 2 daqiqa oldinlabdi. Keyin rus bariga ilib ketishibdi. Ertasiga qarashsa, 20 daqiqa oldinga o‘tib qolibdi. Oxiri o‘zbek choyxonasiga ilishibdi. Ertasiga qarashsa, soat yo‘q emish.
— Soat qani? - deyishsa, choyxonachi:
— E, u soatmidi? Biz qishda vyentilyator nimaga aylanib turibdi deb olib tashlabmiz...- dermish.
Restoranda ikkita o‘zbek ofitsiantga buyurtma berishyapti:
— Bizga choy-poy, non-pon, ovqat-povqat olib keling.
Nariroqda o‘tirgan rus ayol ularni gapini eshitib:
— Nimaga sizlar har bir so‘zga qo‘shimcha qo‘shib gapirasizlar? Choy, non, ovqat desangiz bo‘lmaydimi? Agar gaplaringizga qo‘shimcha qo‘shmasdan gapirsangiz, bir tarelka tilla beraman, - debdi.
Shunda o‘zbeklardan biri:
— Tarelka-parelkasi bilan berasizmi? - dermish.
Bir kuni ota-bola uyga Imzo derazalarini o‘rnatayotsa, adasi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, ehtiyot bo‘l! Bu derazalar juda qimmat turadi, - desa, o‘g‘li adasini eshitmay qolibdi-da, derazani sindirib:
— Nima deysiz, eshitmadim...?, - dermish.