Ozbekona haqida latifalar

Oltin baliqni tutib olgan cholga baliq debdi:
— Tila tilagingni!
Chol debdi:
— Zavoddan mashinam tezroq chiqaqolsa, navbatim kelaqolsa degandim...
Baliq cholga qarab turib:
— Otaxon, bunchalik uzoq umr berolmiman sizga! - degan ekan.
Agar bitta o‘qituvchi hamma fandan dars bera olmasa, nega bitta o‘quvchi hamma fanlarni bilishi kerak?
Boshliq:
— Sizga berilgan topshiriqni qancha muddatda bajarasiz?
Ishchi:
— Bir hafta muddat bersangiz, bir soat ichida bajaraman!
Avvallari oylik maoshimni olgach, sayyohatga chiqishimni o‘ylasam, nima uchun ishlayotganimni tushunardim.
Hozir oziq-ovqatlarni narx-navosini ko‘rib, qornim ochmaganini tushunyapman.
— Oyi, yozda Chorvoqda dam olamizmi?
— Chorvoqda seni repititoring dam oladi, o‘g‘lim!

Tolibi ilm piru komilining huzuriga kelib so‘radi:
— Ustoz, men abadiy yashashni xohlayman, buning uchun nima qilishim kerak?
— Uylan!
— Nega? Shunda abadiy yashaymanmi?
— Yo‘q. Ammo shu xohishing yo‘qoladi.

Shogird ustozidan so‘radi:
— Qaysi oyda ayollar kamroq gapiradi?
Ustoz javob berdi:
— Fevral oyida. Chunki bu oy 28 kundan iborat.
Maktab va institutlarda offlayn o‘qishlar boshlandi.
Hamma yigitlarni bir savol qiynaydi. 8 martga qizlarga sovg‘a beramizmi? Axir 14 yanvarda ular berishmadi-ku!?
"Biz yaxshiroq yashashni boshladik!" dedi amaldorlar.
"Avval ham yomon yashamagansizlar!" dedi xalq.
O‘zing deputat bo‘lmaguncha, deputatlar hech qanday ish qilmaydi deb o‘ylayverasan.
Deputat bo‘lgach esa, nima ish qilayotganingni bilmaysan.