Ozbekona haqida latifalar

Amaldor chekka qishloqqa sayyor qabulga borib, xalq bilan uchrashibdi.
— Qanday ehtiyoj, muammolaringiz bo‘lsa, bizlar hal qilib beramiz, - debdi.
— Bizda ikkita katta muammo bor, - debdi bir oqsoqol. — Avvalo, bizda shifoxona boru, shifokor yo‘q.
Amaldor shartta mobil telefonidan kimningdir raqamini teribdi-da, bir chetga o‘tib 1-2 daqiqa gaplashibdi.
— Bu masalani gaplashib hal qildim. Shifokor ertagayoq shu yerda bo‘ladi. Endi ikkinchi ehtiyojingizni ayting-chi?
— Qishlog‘imizda mobil aloqa mutlaqo ishlamaydi, - debdi oqsoqol.

Bozorda tarvuz sotib o‘tirgan odamni yoniga xaridor kelib "Tarvuz shirinmi? Mazasini ko‘rsak bo‘ladimi?" desa, sotuvchi "Ha, albatta!" debdi.
Shunda haligi xaridor katta tarvuzni qo‘ltiqlab "Uyda ko‘rarmiz mazasini" deb indaman olib ketib qolgan ekan.

Erkak kishini bir qulog‘idan kirgan gap, ikkinchisidan chiqib ketadi, ayol kishini ikki qulog‘idan kirgan gap og‘zidan chiqib ketarkan...
Maktabda 2 ta chet tilini o‘qitishadi:
1-Ingliz tili;
2-Geometiya.
Ayollarni mehmonga ketayotgan vaqtida "5 daqiqada tayyor bo‘laman" degan gapi erkaklarni "5 daqiqada uyda bo‘laman" degan gapi bilan bir xil.
Agar rahbarimiz ishxonada bo‘lmasa xonamda yotib uxlayman.
Agar rahbarimiz ishxonada bo‘lsa xonamda xushyor yotib uxlayman.
Er-xotinlar uchun maslahat:
"Uzoq umr ko‘raylik desangiz, ko‘proq meva yeng, bir-biringizni emas!"
Bankni o‘marishga kirgan o‘g‘rini yuzidan niqobi yechilib ketibdi. O‘g‘ri kassirni yoniga kelib:
— Meni yuzimni eslab qoldingmi? - desa, qiz:
— Ha, - debdi.
O‘g‘ri shu zahoti kassirni otib tashlabdi.
— Yana kim meni yuzimni eslab qoldi? - desa, odamlar orasidan ovoz kelibdi:
— Bankomat yonida turgan qaynonam eslab qoldi.

Bir tiyinsiz o‘tirmaslik uchun yonboshlab oldim.

Er-xotin televizorda qo‘rqinchli film ko‘rib o‘tiribdi.
Ekranda mahluq paydo bo‘pti.
— Voy, oyijon! - deb xotini baqirsa, eri:
— Taniding-a! - debdi.