Sport haqida latifalar

Boks. Jangning 2-raundidan so‘ng bokschi hansirab treneridan so‘rayapti.
— Nima deb o‘ylaysiz, yuta olamanmi?
— Albatta yutasan! Agar qo‘llaringni shunday hilpirataversang, oxir oqibat qattiq shamollab yotib qolasan!
Yoshi bir joyga borib qolgan futbol ishqibozi bolalik xotiralarini gapirib bermoqda:
“Bir yoshligimizda jahon chempionatini oq-qora televizorda ko‘rar edik. Bir gal esimda, televizorimizni rangini oqartirib yuborsam, ekranda angliyaliklar ko‘rinmay qoldi. Ekranni sal qoraytirsam, maydondan nigeriyaliklar yo‘qolib qoldi”.
Navbatdagi mag‘lubiyatdan keyin O‘zbekiston futbol ishqibozlari choyxonaga kirib askiyalashib o‘tirishganmish:
— Man o‘yinchilarimiz tepgan to‘pini kapalakka o‘xshatdim.
— Nega?
— Burchakdan to‘p tepishlari huddi kapalak ohista uchib, raqib darvozabonini qo‘liga sekingina qo‘nganday bo‘lganligi uchun...
— Men esa o‘yinchilarimizni ertaklarimizdagi kenja botirga o‘xshatdim.
— Nega?
— To‘p bilan darvozaga yaqin kelganda darvozaga tepaymi, chapga oshiraymi yoki o‘nggami? - deb chuqur hayolga botishganligi uchun...
— Men esa o‘yinchilarmizni mehmondo‘st azamatlarga o‘xshatdim.
— Nega?
— Hech ko‘ptokni talashishmaydi. Oling-oling deb mehmonlarga uzatgani uchun...
O‘zbek futbolchilarining jahon chempionatiga chiqmayotganini sabablari:
1. 2010 yil – Afrika juda issiq edi.
2. 2014 yil – Braziliya uzoqlik qildi.
3. 2018 yil – Rossiyaga o‘zbeklar borsa, qurilishga kelishdi dyeb o‘ylashadi.
4. 2022 yil – bir bahona topilib qolar ...
Sport zalidan qaytgan er xotiniga debdi:
— Hamma joyim og‘rib ketyapti. Trenerim aytdiki, mushaklarim og‘risa, demak ular o‘sayotgan bo‘larkan.
Xotini erini boshiga bir urib:
— Og‘ridimi? Qani endi, miyangiz ham o‘sib qolsa edi...
Davron yugurishni, ekstremal sport turlarini, adrenalinni, daraxtga chiqish-u, devordan oshib o‘tishni yoqtirmas edi. Biroq yangi ko‘chib kelgan qo‘shnining ikkita bulterer iti Davrondagi yashirin qobiliyatlarni ochib berdi...
Jurnalist futbol terma jamoasi a’zosidan so‘rabdi:
— Siz bu kasbda nimalarga erishdingiz va kelajakda nima rejalaringiz bor?
— Men bu kasbim orqasidan Dubay, Avstraliya, Yaponiya, Xitoy, Qatar va ...larga sayohatlar qildim. Kelajakda Yevropa bo‘ylab sayohat qilib, ...
— Orzularingiz cheksiz ekan. Endi futbol mavzusiga qaytsak, - debdi jurnalist.
To‘xtamasdan uzoq yugurgan odamga soyasi debdi: “Buncha shoshilasan!? Dam olaylik!
Bir kuni Krishtianu Ronaldu burchakdan to‘p tepayotganda to‘p o‘rniga qattiq toshni tepib hushidan ketib qolibdi. Turib qarasa, shifoxonada. Hamma qora kiyimda. Shunda hayron bo‘lib, qora kiyimdagi qora Kelliniga qarab:
— Ha, meni o‘ldi deb o‘yladinglarmi? - desa
— Yo‘q, sen tepgan to‘pga kalla qo‘ygan Manjukich o‘ldi, - dermish.
1. To‘p egasini topadi.
2. Darvozabon ko‘zini suzmasa, hujumchi gol urmaydi.
3. Hakam bitta gapiradi.
4. Golni gol qiladigan ham hakam, gohida pul qiladigan ham hakam.
5. Gol ursang rohat topasan.
6. Yetti o‘lchab tepguncha, to‘pni oldirib qo‘yasan.
7. Hujumchi o‘zar, himoyachi to‘zar.
8. Hujumchini yugurgani darvozagacha.
9. Hujum qilsang, gol urasan.
10. Hujuming 100 ta bo‘lsa ham oz, raqib hujumi bitta bo‘lsa ham ko‘p.
11. Hakamga yaqinlashsang, kartochkali bo‘lasan.
12. Murabbiy hujumchini maydonda sinaydi.
13. Oldin o‘zingga ur, keyin raqibga.