Sport haqida latifalar

Shogird ustozidan so‘rabdi:
— Ustoz bizning futbolchilar hujumda yaxshi o‘ynaydimi yo himoyada?
Ustoz javob berib:
— Eh bo‘tam bizning futbolchilar to‘yda zo‘r o‘ynaydi, to‘yda debdi ustoz.
Bir kuni futbol o‘yinidan oldin bir o‘yinchiga treneri raqib jamoa xavfli hujumchisining yonidan jilmay o‘ynashini aytibdi. Birozdan so‘ng raqib hujumchi “Qizil kartochka” olib, o‘yindan chiqib, zahiraga borib o‘tirsa, boyagi o‘yinchi ham uning yoniga borib o‘tirib olgan ekan.
Eronning futbol terma jamoasi murabbiysi sehrli chiroqdan chiqqan jindan so‘rabdi:
— Qachon meni jamoam jahon chempionatiga chiqadi?
Jin:
— 2024 yilda, - debdi. Murabbiy yig‘lab:
— Men u kunlarni ko‘rmasam kerak, - debdi.
Yaponiya, Koreya, Qatar futbol jamoalarining murabbiylari ham jinning javoblaridan yig‘lab:
— Biz u kunni ko‘ra olmasak kerak, - deb ketishibdi.
Oxiri navbat bizning murabbiyga kelibdi:
— Qachon meni o‘yinchilarim jahon chempionatiga chiqishadi? - desa,
Jin yig‘lab:
— U kunlarni ko‘rish menga nasib qilmasa kerak, - dermish.
Yevro-2016 futbol o‘yinlaridan so‘ng, Rossiya terma jamoasi o‘yinchilariga dopping qabul qilishga UYeFA tomonidan rasman ruxsat berildi.
Bola kutubxonaga kirib so‘radi:
— Kechirasiz Nasaf chempionligi haqida kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Fantastik kitoblar 5-qatorda,
Bola so‘radi:
— A Neftchi chempion bo‘lgani haqidagi kitob bormi?
Kutubxonachi javob qildi:
— Tarixiy kitoblar 2-qatorda!
Sport do‘konida.
— Parashyut bormi?
— Bor.
— Yaxshisidan bering.
— Mana buni oling. Kafolati bor. Sakragan vaqtingizda ochilmasa, olib kelavering, almashtirib beramiz...
Bir kuni bolakay dadasiga debdi:
— Dada, O‘zbekiston qachon jahon chempionatiga chiqadi?
Dadasi boshini qashib turib debdi:
— Bolam, raqib tomon adashib, o‘zini darvozasiga gol urganda, albatta jahon chempionatiga chiqarmiz...
Bokschining xotini har tong erini uyqudan turishi uchun tepasiga kelar ekan va o‘nggacha sanay boshlarkan...
Nonushta payti eri xotiniga:
— Kecha futbolni kutmay uxlab qolibman. Internetdan natijasini bilib olishim kerak, - desa, xotini:
— Biznikilar 2:1 ga yutqazishdi, - debdi.
Eri:
— Nima sen futbol ko‘rdingmi?
Xotini:
— Yo‘q. Qo‘shnimiz tunda bir martta "Gol" va ikki martta "Padaringga la’nat" deb baqirganini eshitdim.
22:00 — Azizim senga nima muhimroq? Menmi yoki futbolmi?
23:50 — Albatta sen muhimsan...