Yoshlar haqida latifalar

Qiz bolani birinchi uchrashuvdayoq hayron qoldirmoqchi bo‘lsangiz, uchrashuvga kelmang. Shunda u hayratda qoladi.
Qiz:
— Nimaga meni doim Coca Colaga o‘xshataverasiz?
Yigit:
— Turgan bitganing zarar bo‘lsa ham, senga o‘rganib qolganman...!

Bir kuni, bir yigit, yangi iPhone 7plus olib, shimining orqa cho‘ntagiga solib, taksiga chiqsa, "tirs" etgan ovoz eshitilibdi.
Yigit haydovchiga qarab:
— Ishqilib belim singan bo‘lsinda — dermish.

— Tilla baliqdan onasi o‘pmagan, adasi so‘kmagan, bemahalda ko‘chada yurmagan, internetni bilmagan, telegrammga kirmagan, skaypda ko‘rishmagan qizni so‘ragandim.
— Xo‘sh nima bo‘ldi?
— O‘zini o‘lganga solib oldi.
Bir yigitni sehrgar sehrlab qo‘yibdi. U bir yilda faqat bitta so‘z ayta olar ekan. O‘sha yigit chiroyli qizni sevib qolibdi. Unga "Men sizni sevaman" deyish uchun 3 yil hech kimga gapirmay so‘z yig‘ibdi. Vaqti kelib, uch yil o‘tib, yigit qizni yoniga kelib hayajon bilan:
— Men sizni sevaman, - debdi.
Shunda qiz sochlarini orasidan ko‘rinib turgan naushniklarni qulog‘idan chiqarib:
— A-a-a. . .!? - degan ekan.
Soqol qo‘ygan yigitga ko‘pchilik "Soqolingni oldirib tashla!" debyaverishadi-yu, lekin tor shim kiygan qizga "Buvilaring, momolaring bunday yurishmagan. Uzun ko‘ylak kiyib ol!" deb hech kim gapirmaydi.
— Esingdami? Sen bilan maktab paytlarida tanishgan edik. Men seni har kuni belingdan quchib, bo‘sa olardim. Sen esa qizarib ketar eding. Sensiz bir zum ham yurmasdim, doim yonimda bo‘larding.
Bir kuni bizni labaratoriya xonasida birga ko‘rib qolishdi. Men seni 2-qavatdan tashlab yuborishga majbur bo‘ldim.
Meni kechir aziz SIGARETIM...
Bir yigit tanishgan qiziga shunday debdi.
— Siz menga turmushga chiqsangiz, boshimda ko‘tarib yuraman. Osmondagi oyni, yulduzlarni sovg‘a qilaman...
She’rlar aytib, qo‘shiqlar kuylayman, - desa,
Qiz:
— Pul-chi, pul!? Pulingiz umuman yo‘qmi? - degan ekan.
Uzoq yo‘lga qatnaydigan avtobusda yigit bilan qiz yonma-yon o‘tribdi. Yo‘l bo‘yi yigit oynadan tashqariga qarab xayol surib ketaveribdi. Uning indamasligidan siqilib ketgan qiz telefoniga o‘zining raqamini terib yigitni turtibdi.
Yigit qarasa qiz narigi tomonga qarab turgan ekan. Qo‘lidagi telefonda esa raqamlar yozilganmish. Buni ko‘rgan yigit telefonidan hisobni tekshirish raqamini teribdi. So‘ng telefonini qizga qaratib o‘zi yuzini nari buribdi. Qiz uning telefonida: –(minus) 2.66$ degan yozuvni o‘qib:
— Ey, xudo nima bo‘lsa ham tekin gudok tashlab o‘ynamasinda, – dermish.
Qo‘shni o‘g‘lingizni tarbiyasi bilan yaxshilab shug‘ullansangiz bo‘lmaydimi? Bemaxalda tungi barlarda, kafelarda daydib yurarkan?!
— Sizga kim aytdi?
— Ana qizim aytdi, har kuni ko‘rar ekan!!!