Yoshlar haqida latifalar

Telefon qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan o‘g‘ilga otasi xabar yozmoqda:
“O‘g‘lim, bitiruv imtihonlaring qalay o‘tdi? Javobingni kutaman!”
O‘g‘li javob yozyapti:
“Imtihon zo‘r o‘tdi! Ustozimga yoqdi. Kuzda yana takrorlashimni so‘radi!”
Yigit:
— Yaxshi qiz, 100 ming pulingiz tushib qoldi…
Qiz:
— Bu 100 ming men bilan tanishishga bahona bo‘la olmaydi!
Yigit:
— Unda ko‘proq pul tushiring!
Otasi o‘g‘liga:
— Bu yil ham o‘qishga kira olmasang, otam dema meni! Seni tanimayman!
Imtihonlar tugagach, adasi o‘g‘lidan so‘rabdi:
— Ho‘sh o‘g‘lim, imtihonlar qanday o‘tdi?
O‘g‘li esa:
— Kechirasiz, sizni tanimayroq turibman, kimsiz?
O‘smir qiz otasini ko‘kargan ko‘zini ko‘rib debdi:
— Ada, ko‘zingiz nega ko‘kargan?
Otasi jahli chiqib:
— Agar yana bir martta dugonangni lab bo‘yog‘i meni mashinamda tushib qolsa, seni ko‘zingni ko‘kartiraman, - dermish.
Xotin eriga:
— Dadasi, mundoq o‘g‘lingizga gapirsangiz-chi... Kuni bo‘yi internetdan boshini ko‘tarmaydi.
Eri:
— Xotin, o‘zing aytaver. O‘g‘ling meni “chyornыyga solib qo‘ygan”...
Yigit qizni yoniga kelib debdi:
— Yaxshi qiz kimsiz, qayerliksiz?
— Go‘zal pariman! Oydan tushdim…
— Unda yuzingiz bilan tushibsiz-a!?
— Yaxshi qiz, nimaga men sizni avvallari ko‘rmaganman?!
— Bilmadim. Balki sizni xudo asragandir...
Ikki do‘st suhbatlashib o‘tirib so‘rabdi:
— Nega qizlar kitob o‘qishdan ko‘ra, ko‘zgu oldida ko‘p vaqtini o‘tkazishadi?
— Chunki ahmoq yigitlar, ko‘zi yomon ko‘radigan yigitlardan ko‘ra ko‘proq uchraydi.
Talabalar yotoqxonasidagi suhbatdan:
— Xonadoshimni go‘shtga yuborgan edim, chorrahadan o‘tayotib, mashina turtib ketibdi. Kasalxonada emish.
— Voy o‘lmasam! Sen nima qilding?
— Nima qilardim? Och o‘tirmayman-ku! Tuxum qovurib yedim.
Bir millioner yigitlarni chaqirib debdi:
— Orangizdan kimda-kim shu hovuzga sho‘ng‘ib, narigi tarafdan sog‘-omon chiqsa, unga yarim boyligim va go‘zal qizimni beraman. Faqat aytib qo‘yay, hovuz timsohlarga to‘la!
Shu payt bir yigit hovuzga tushib, narigi tarafidan chiqibdi.
Millioner kishi unga:
— Avval boyligimni ko‘rsataymi yoki qizimnimi? – desa, yigit unga:
— Oldin meni suvga itarib yuborgan ablahni ko‘rsating, - dermish.