“Agar ushlab olsam, qovurib yeyman!” deb baqirayotgan ekan.
— Nimaga bunday deyapsan? - deb so‘rashsa, haligi kishi:
— “Oltin baliq” ushlab olib, undan Ferreri so‘ragan edim. Baliqni darhol qo‘yib yubordim-da, mashinani ichidan meni nomimga rasmiylashtirilgan 700 ming dollarlik kredit qog‘ozi chiqdi.
Uyga Wi-Fi o‘rnatganimizdan buyon kelinim ovqatlarni tayyorlashni internetdan bemalol ko‘rib olyapti.Faqat endi pishirishga vaqti bo‘lmayapti. Qo‘shni ayollar "Wi-Fi ni o‘chirib qo‘ying" deyishyapti. Tushunolmadim...?!
Politsiya boshqarmasi qidirilayotgan bir jinoyatchining 6 xil tarzda olingan suratini hamma hududlarga tarqishdi. Oradan ko‘p o‘tmay, hududiy politsiya mahkamasidan shunday axborot keldi: «Qidirilayotgan 6 ta jinoyatchining beshtasi qamoqqa olindi, oltinchisining ketidan kuzatyapmiz».
— Nega kotletlarni hajmi har xil?
Xotini:
— O‘zingiz bir-biriga o‘xshamagan taom pishirgin degandingiz-ku!
— Doktor, jigarim qattiq og‘riyapti.
Doktor:
— Tez-tez aroq ichib turasizmi?
Bemor:
— Voy har kuni ichaman, yordam bermaydi...
Kasbimga oid bilimlarni internetdan qidirib topayotganimni hech kim bilib qolmasligi kerak.
— Menga turmushga chiqish taklifini bergandim. Anchadan beri javob bermayapsan?!
Qiz debdi:
— O‘shandan beri qancha oylik maosh olishingizni bilolmayapman...!
— Sen "o‘chirishni" o‘rganishing kerak edi-ku!
Radioga qo‘ng‘iroq bo‘libdi:
— Allo, bu radiomi?
— Ha. KImga salom yo‘llamoqchisiz?
— Hech kimga. Shunchaki hovliga tariq yoygan edim. Radioni ovozini balandi qilib qo‘yaman. Har-har zamon "kish-kish" deb tursangiz...