— Mana do‘stim, 2020 yil ham tugab boryapti. Bu yil nimalarga erishding?
— Men tirik qoldim...
1. Kuniga 2 marta tozalash!
2. Yilda 2 marta stomatologga borish!
3. Erga aslo gap qaytarmaslik!
Dehqonlarga - yer maydonlari,
Xizmatchilarga - fabrika, zavodlar,
Turmushga chiqmaganlarga - sovchilar,
Ishsizlarga - kira uchun Matiz,
Norozilarga - bir shapaloqdan!!! Bor sovg‘am shu...
— Tishing haliyam og‘riyaptimi?, - desa,
— Bilmadim, o‘sha yerda qoldi, - debdi.
— Domlajon, sizga nima sovg‘a qilsak bo‘ladi?
— Menga hech narsa kerakmas!
— Aytaqoling, biror orzuingiz bordir axir...
— Yagona orzuim, sizlar meni talabam bo‘lganingizni hech kim bilmasin!
— Ustoz men bir qizni sevaman. U qiz meni sevadimi-yo‘qmi, buni bilmayman, - debdi.
Ustoz javob beribdi:
— Sen unga bir latifa ayt! Kulsa, u seni sevadi. Kulmasa sevmaydi, - debdi.
Qizga latifani aytib bersa, kulmabdi. Lekin yig‘lab yuboribdi...
— Kelishgan, badavlat va ahmoq yigitga turmushga chiqishingni xudodan so‘rayman.
— Nega ahmoq?
— Senga uylanadigan yigit ahmoq bo‘ladi-da!
— Xo‘sh, nechta gol urding o‘g‘lim?
O‘g‘li:
— Ikkita.
Afandi:
— Hisob nechi bo‘ldi o‘zi?
O‘g‘li:
— 1:1 bo‘ldi ada!!!
Militsiya - jinoyatchi bo‘lsangiz,
Mashinangiz buzilsa, usta quvonadi.
Faqatgina o‘g‘ri sizga hamisha mo‘may daromad va xotirjam uxlashingizni tilaydi.