— Qizim, senga juda ko‘p joydan sovchilar kelishdi. Endi turmushga chiqmasang bo‘lmaydi, - debdi otasi.
Qizi adasiga:
— Turmushga chiqgim kelmaydi. Chunki onamni sog‘inaman, - desa
— Onangni ham o‘zing bilan olib ketishing mumkin, - degan ekan otasi.
Ikkita korxonaning rahbarlari gaplashib o‘tirishgan ekan.
— Men ishchilarimga ikki oydan beri maosh bermasam ham ishga kelaverishadi, - debdi birinchisi.
— Men esa uch oydan beri ishchilarimga umuman oylik bermayapman. Baribir hammasi kelaveradi. Endi ishga kelishni ham pullik qilib qo‘ymoqchiman, - dermish ikkinchisi.
Bir dehkon sabzi ekib, hosilini sotib yurarkan. Lekin hecham tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga bormasakan. Chunki uning qishlog‘ida hamma bir-biriga laqab qo‘yarkan. Bir kuni dehqon hamqishloq tanishini ko‘rib qolibdi.
— Nega qishloqqa bormaysan?, - debdi tanishi.
— Chunki menga ham laqab qo‘yishadi, - debdi dehqon.
Shunda hamqishlog‘i:
— Seni laqabing allaqachon "quyon" bo‘pketgan, - dermish.
Ikkita dugona suhbatlashmoqda:
— Yangilik bor.
— Qanaqa yangilik? Turmushga chiqyapsanmi?
— Yo‘g‘-ye. Hali yoshman-ku.
— Unda nima yangilik? Gapir!
— Men homiladorman!
Bir yigit sochini kaltalatgani sartaroshga boribdi. Sartarosh yigitga savol beraveribdi:
— Uylanganmisiz?
— Ha.
— Xotiningiz nima ish qiladi?
— Ayol kishi qiladigan ishlar, shular bilan band.
— Xotiningizga ichib uyga borganingiz yoqadimi?
— Qaysi ayolga ichgan erkak yoqadi?
— Xotiningiz.....
— Aka jonga tegdingiz. Tushunaman, sartaroshlar mijozi bilan gaplashib ishlashadi. Lekin nimaga sizni xotinim qiziqtirib qoldi? Har gapingizda xotinimni so‘raysiz. Nima xotinim bilan orangizda biror gap bormi?
— Hafa bo‘lma ukam. Har gal xotiningni so‘rasam soching tikka bo‘lyapti. Sochingni osonroq olyapman-da.
Shaharlik yigit bilan qishloqdan kelgan qiz ovqatlanib o‘tirishgan ekan, yigit ofitsiantga:
— Bizga salfetka bilan "zubachistka" bering, - desa,
Qiz:
— Yo‘q bo‘ldi, men to‘ydim, - dermish.
Bir yigit do‘stidan so‘rabdi:
— Xotining bilan kechagi janjaling nima bo‘ldi?
Do‘sti:
— Oxiri xotinim yonimga tizzasida emaklab keldi.
— Keyin nima dedi?
— Kravatni tagidan chiq nomard dedi.
Qishloqda yashaydigan yigitlar kechasi nechida uyga qaytganini ota-onasi aniq biladi.
Chunki traktorda shovqinsiz kelib bo‘lmaydi-da.
Shifokor bemorga:
— Har kuni baliq yeb turing. Sizda fosfor yetishmaydi, - desa,
Bemor:
—Men sog‘aymoqchiman. Yorug‘lik tarqatmoqchi emasman, - deya javob beribdi.
Sud zalidagi jarayondan:
— Aytingchi, eringiz bilan nega ajrashmoqchisiz?
— U meni haqorat doim qiladi. Xotinim demay uradi, ...
Zalda g‘ala-g‘ovur ko‘tarilibdi:
— Bizni haqorat qilmayapti-ku, bizni urmayapti-ku, ...