Qari otaxon yo‘lda ketayotsa, bir barzangi yigit to‘xtatib:
— Hozir shunaqa latifa aytaman, agar kulsang 5000 berasan, - debdi.
— Mayli, - deb otaxon tishini-tishiga qo‘yib kulmay eshitibdi. Latifa tugagach, otaxona kulmayotganini ko‘rgan yigit:
— Aytgancha, majburan kulmasang 10000 berasan, - dermish.
Jarroh yoniga peshonasiga vilka sanchilgan bemor kelibdi.
— Doktor, peshonamdagini sug‘urib tashlasangiz!
— Kechirasiz, soat uchdan besh daqiqa o‘tdi. Meni ish vaqtim tugadi. Ertaga keling.
— Jon doktor, shu vilkani olib tashlang. Bir daqiqa vaqtingiz ketadi-ku. Axir meni jonim og‘riyapti...
Jarroh jahl bilan vilkani sug‘urib, bemorning ko‘ziga tiqib qo‘yibdi-da, - boring okulist soat beshgacha ishlaydi, - debdi.
22:00 — Azizim senga nima muhimroq? Menmi yoki futbolmi?
23:50 — Albatta sen muhimsan...
Bir o‘zbek Fransiyaga boribdi. Eyfel minorasiga qarab tursa, fransuz yigit o‘tib ketayotgan ekan. Uni to‘xtatib so‘rabdi:
— Bu minorani qancha vaqtda qurishgan?
— Bir oyda, - debdi fransuz.
O‘zbek, - bu yigit meni aldadi, - deb ishonmabdi.
Keyin o‘sha fransuz O‘zbekistonga kelibdi. U Registonga kelib, haligi o‘zbekni uchratibdi va undan so‘rabdi:
— Bu imoratlarni qancha vaqtda qurishgan?, - desa,
— Hozir kelayotganimda yo‘g‘idi, - dermish o‘zbek.
Institutda fizikadan imtihon bo‘lmokda. Professorning kayfiyati juda yomon, hamma talabalarni imtihondan birma-bir yiqita boshlabdi. Birinchi kirgan talabadan professor so‘rabdi:
— Faraz qilaylik, siz avtobusda ketayapsiz. Kun rosa isib ketdi. Nima qilasiz?
— Men avtobus oynasini ochaman...
— Juda yaxshi. Oyna ochilishi natijasida avtobus aerodinamikasi qanchaga o‘zgarishini hisoblang.
Talaba javob bera olmabdi.
— Boring, "ikki"!
Huddi shu tahlit yana bir nechta talaba imtihondan "yiqilibdi". Navbat go‘zal talaba qizga kelibdi.
— Qizim, masalan, avtobusda ketayotganingizda havo isib ketsa nima qilasiz?
— Men-mi? Men... koftamni yechaman.
— Siz tushunmadingiz. Havo rosa kuydirayotgan bo‘lsa nima qilasiz, demokchiman.
— Undami? Bluzkamni ham yechaman.
— Jazirama rosa qovurayotgan bo‘lsa-chi?
— Yubkamni ham yechaman.
— Iye, qanakasiga?, - debdi lol qolgan professor.
— Shunakasiga! Butunlay yalang‘och qolsam ham, oynani ochmayman professor!
Bir kishi bozordan sotib olgan to‘tiqushini gapirishga o‘rgatyapti:
Kishi:
— Men yurishni bilaman.
To‘ti:
— Men yurishni bilaman.
Kishi:
— Men gapirishni bilaman.
To‘ti:
— Men gapirishni bilaman.
Kishi:
— Myen ucha olaman.
To‘ti:
— Aldama!
Haydovchi avtomobilda ketayotib, xavfli burilishga yaqinlashib qolibdi.
— Qarachi, yon tomonda mashina yo‘qmi, - debdi yonidagi sherigiga.
— Yo‘q, haydayvering, - debdi.
Bir payt avtomobilga "qars" etib mototsikl urilibdi.
Haydovchi:
— Axir senga qara degandimku!
— Siz mashina yo‘qmi degandingiz...
Ikki dugona gaplashyapti:
— E dugonajon, anchadan beri tobim yo‘q. Juda mazam qochyapti-da. O‘tib ketarmikin-a?
— O‘tib ketadi. O‘tgan yili yon qo‘shnim huddi sizga o‘xshab yurgan edi. O‘tib ketdi rahmatli.
Er rosa ichib, kayfda uyga keldi. Xotiniga mastligini bildirmayman deb harakat qilibdi. Xotin buni sezib gap boshladi:
— Dadasi rosa ichibsiz-a?
— Hechamda, bir gramm ham ichmadim.
— Byekorlarni aytibsiz, rosa ichgansiz!
— O‘lay agar ichmadim!
— Qani unda "Qishda kishmish pishmasmish, kishmish pishsa qishmasmish" dengchi!
— Qishda pishmish qishmasmish, pishmish qishsa pishmasmish... E bor-e, rosa bo‘kib ichdim.
Bolasini olib ketish uchun bog‘chaga kelgan ona tarbiyachi o‘rindiqda uxlab yotganini, bolalar esa maydonchada bir o‘zlari telefon o‘ynab o‘tirishganini ko‘rib jahli chiqib ketibdi. Tarbiyachini tepasiga borib baland ovozda:
— Bu nimasi? Hamma bolalar qochib ketishadi-ku, - desa,
Tarbiyachi:
— Tinchlaning, hech qayoqqa ketishmaydi. Chunki Wi-Fi faqat maydonchani ichida ishlaydi, - dermish.