— O‘g‘lingiz dars vaqtida rogatkadan otib o‘tiradi, - deb nolibdi o‘qituvchi o‘quvchining onasiga.
— Voy shumtaka-yey! Tug‘ilgan kuniga sovg‘a qilgan to‘pponchani yo‘qotibdi-da, - debdi onasi.
Bir ayol dugonasiga eridan shikoyat qilayotganmish:
— Bunday ablah bilan yashashdan to‘yib ketdim. Ichadi, chekadi, uyda har kun janjal.
Dugonasi:
— U bilan ajrash, tamom! - debdi.
Ayol:
— Aslo unday qilmayman! U mendan qutulib mazza qilib yashasinmi?! - degan ekan.
Ikkita baliq urishayotib biri nima dermish:
"Faqat suvga bosish yo‘q!"
Bir bola kompyuter o‘yinlari xonasiga kirib:
— 1 soati nechi pul bo‘ladi? - debdi.
U yerda o‘tirgan odam:
— 7000 bo‘ladi, - desa, bola:
— Minuti nechi pul? - debdi.
— Isming nima seni?
— Toshtemir.
— Isming buncha qiyin?! Eslab qololmayapman.
— Qurilish qilsangiz eslab qolasiz.
E’lon:
Dalada qulupnay, bog‘da olma va gilos terish uchun ishchi kerak. Oylik maosh 1 mln. so‘m.
Mabodo, mevalarni terayotganingizda egasi sizni ushlab olsa, meni tanimaysizlar!
Ertalab trenirovkaga, tushdan keyin maktabga boradigan o‘g‘limning ertaga ertalabki mashg‘ulotlari qoldirilgani eshitib, o‘zimcha unga buyurib qo‘yadigan ishlarimni rejalashtirdim.
— Xo‘sh, ertaga nimalarni rejalashtirding?, -so‘radim undan.
— Nimani bo‘lardi, ertalab o‘rnimdan turmay ko‘proq uxlashni, - javob berdi u.
Dehqonga "Bir yilda 1 tonna metal yetishtirib berolasizmi?" deyishsa, dehqon "Urug‘ini bersalaring yetishtirib beravaraman" degan ekan.
Bir kishi ko‘chadan tovuq o‘g‘irlab kelib o‘g‘liga debdi:
— Mana shu tovuqni bozorga olib borib sotib kel.
O‘g‘li ham tovuqni bozorga olib borib yo‘qotib qo‘yibdi.
Uyga qaytib kelsa:
— Tovuqni necha pulga sotding? - debdi otasi.
— O‘zini narxiga berib yubordim ota, - debdi bolasi.
Uyda o‘tirgan paytim uyda "Kel, shu o‘tirishimda esda qolarli bir ish qilay!" dedim-da, uyda o‘tirish bo‘yicha rekord o‘rnatdim.