Endi sinf remonti uchun pulni nima qilishadi...?
— Sizni yoshligingizda qo‘l telefoni bo‘lganmi?
— Yo‘q, bo‘lmagan bolam.
— Planshetchi?
— Yo‘q. U ham bo‘lmagan.
— Peydjeriz bo‘lgandir?!
— Yo‘q.
— Dinazavrlarni ko‘rganmisiz buva?
— ...
Shogird ustozi piri komildan so‘radi:
— Bu tojvirus sizga tegmadimi, Ustoz?
Piri komil ustoz dedi:
— O‘zimga-ku tegmadi, lekin jonimga toza tegdi.
Xotinimning haydovchilik guvohnomasi yo‘qolgan.
Topib olganlardan iltimos, yoqib yuboring!
Suyunchisi bor!
Shoshiling! Onlayn to‘y qilish faqat shu kunlarda amalga oshirilmoqda!
Siz tepadagi so‘zni o‘qimadingiz, to‘g‘rimi?
Lekin men sizga u yerda Salom deb yozganman.
Endi o‘qidingiz...
Yigirma yildan keyin ham yigirmanchi yilda nimalar bo‘lganini bemalol aytib bera olamiz bu ketishda. Nimalar bo‘lmayapti 2020 yilda?!.
— Assalomu alaykum doktor! - desa, haligi odam:
— Men doktor emas, sartaroshman! - dermish.