Tushimda o‘qituvchilar "Hurmatli ota-onalar! Bizning o‘quvchilarni yana so‘kib, urib yurmanglar. Ularni sizlarga bu uchun berib qo‘yganimiz yo‘q...
O‘zimizga so‘ramagan "remont puli" ham bizdan sizlarga siylov" deyayotganmish. Ter bosib, uyg‘onib ketdim. Tavba, qaytar dunyo degani shumikin?!.
— Siz to‘pni qayerga tepasizlar?
O‘zbek futbolchilari:
— Sen ko‘zingni yumib qayerga tepsang, biz ham o‘sha yerga tepamiz.
— Uyda o‘tirib bilasanmi kimga o‘xshab qoldim?
— Kimga?
— Nafaqaxo‘rga. Pul yo‘q, qiladigan ish ham yo‘q!
— O‘g‘lim, xolangni o‘pib qo‘y! - desa, bolakay:
— Yo‘q, uradilar! - debdi.
— Nega unaqa deyapsan o‘g‘lim? - debdi onasi.
— Adam o‘pganlarida bu xola urganlar, - dermish.
Ikki dugona telegramda.
— Ablah.
— Kim?
— Yigitim.
— Nima qildi?
— Xiyonat qildi.
— Yo‘g‘e, qaysi biri? Botirmi, Fayzimi?
— Fayzi.
— E, o‘lsin. Bularning hammasi shunaqa.
Karantin payti bir ayol eri bilan bozorlik qilib, uyga qaytibdi. Piyoda horib-charchab kelib, uyda niqoblarni yechishsa yonida begona erkakmush. U ham hayron emush. Bozorda qaysi payt almashib qolishgan - eslasholmabdi.
Shu uchun ko‘cha-ko‘yda hushyorroq bo‘lib yuraylik.
Savol: Virus bilan og‘riganlar soni, dollar kursi va mening qon bosimim orasida qanday bog‘liqlik bor?!
To‘g‘ri javob: ko‘tarilish.