Tanish-bilishlariga qarz berib qaytarib ololmayotganlar diqqatiga:
Hozir uyiga boring! Aniq topasiz!

Televizorda hamma tinimsiz "uyda o‘tiring" deydi. Hechkim "uyda yoting" demaydi. O‘tirishdan zerikib, yotib ko‘rdim. Mazza ekan...

Bir erkak bozorga borib tarvuz sotib olmoqchi bo‘libdi.
Bitta tarvuzni chertib ko‘ribdi, ikkinchisini chertib ko‘ribdi, uchinchisini...
Bir payt xotini shang‘illab:
— Dadasi, bo‘ldi-da endi, uyg‘oning! Boyadan beri boshimga chertaverib xunob qildingiz-ku! - degan ekan.
Karantinda o‘tirish juda foydali ekan.
Bitta paketga 2078 ta, ikkinchi paketga esa 3020 ta grechka donasini solib bizni aldab yurishgan ekan insofsizlar! Bugun shuni aniqladim!

Ishga joylashmoqchi bo‘lgan nomzod suhbatdan o‘tmoqda:
— Tajribangiz bormi? - so‘rabdi rahbar.
— Ha, bu yigirmanchi suhbatim... - debdi nomzod.

Yarim kechada afandi ko‘chada izg‘ib yursa, mirshab to‘xtatib:
— Nima qilib yuribsiz? - debdi.
Afandi:
— Uyqim qochib ketdi, qidirib yuribman, - dermish.

Vaqti kelib, nevarayu evaralarimiz bizning uydan chiqmay divanda yotib, pult bilan televizorni boshqarib yotgan hozirgi paytimizdagi suratlarimizni ko‘rib, biz bilan rosa faxrlanishsa va "G‘alaba uchun rahmat!" deyishsa kerak.

Bolakay uyga xomush kelib onasiga debdi:
— Oyijon, bugun adam bilan ketayotsam, avtobusga bir ayol chiqdi. Men o‘rnimdan turib u ayolga joy berdim. Ayol bo‘lsa o‘tirmadi.
Onasi so‘rabdi:
— Keyin sen nima qilding?
Bolakay:
— Nima qilardim!? Yana adamning tizzasiga qaytib o‘tirdim.
Bir qizni uyiga yigitidan sovchilar keladigan bo‘lib qolibdi. Lekin qiz onasiga bu haqda nima deb aytishni bilmay debdi:
— Oyijon, yaqinda uyimizda to‘y bo‘ladi.
Onasi bo‘lsa:
— Voy qizim, otang olamdan o‘tganidan keyin ancha yolg‘izlanib qoldim..., - degan ekan.

Karantinga olingan ikkita bemor gaplashmoqda:
— Qanaqa qilib qochamiz karantindan?
— Kasalxona devori past ekan. Devordan oshib qochamiz.
— Devorni o‘zi yo‘q ekan-ku!
— Nima? Tamom! Unda qochishni iloji yo‘q!