Erkak do‘stiga dermish:
— Xotinimga nima deb va’da berganim aniq esimda yo‘q!
— Nima deb va’da berganding?
— Bir ryumka aroq ichib, soat sakkizda uyda bo‘laman deganmidim yoki sakkiz ryumka aroq ichib, soat birda uyga kelaman deganmidim???
Bir sayyoh Bombey ko‘chasida adashib qolibdi. Shunda to‘g‘ridan bir barzangi, qop-qora yigit kelayotsa, haligi odam yonidagi ko‘chaga burilib qochmoqchi bo‘libdi. Shunda haligi barzangi yigit sayyohga:
— U yoqqa borma! Kiyimlaringni yechib olishadi, - desa, sayyoh barzangiga:
—Rahmat aka! Yaxshi aytdingiz. Qayoqqa boray? – debdi.
Barzangi:
— Shu yerda yechinaver, - degan ekan.
Ishdan qaytgan er xotiniga debdi:
— Bugun ertalab shunchalik achchiq qahva damlab beribsanki, ishda umuman uxlolmadim.
Ob-havo ma’lumotlari:
“Tumanimiz hokimining xotiniga atab Dubayda tikilayotgan mo‘ynali shubani bitkazilishi kechiktirilayotgani sababli, tumanimizga qor fevral oyidan boshlab yog‘adi”.
Er:
— Xotin, bugun nima ovqat qilding? – deb so‘rasa, xotini:
— Qo‘y go‘shtli tovuq sho‘rva, - degan ekan.
Ayrim ma’lumotlarga qaraganda, futboldagi simulyatsiya ilk bor – bollivudda, ya’ni Hindistonda paydo bo‘lgan.
Eri ishidan ertaroq qaytib kelib, xotiniga debdi:
— Xotin, bolalarni kiyintir. Bugun hayvonot bog‘iga boramiz!
Xotini ajablanib:
— Nega? Dab-durustdan boramiz deyapsiz? – desa, eri jahli chiqib:
— O‘zing nyecha kundan beri qarindoshlarimni sog‘indim, ko‘rgani borib-kelaylik deb holi-jonimga qo‘ymayapsan-ku! – debdi.
Afandi yashaydigan qishloqda oʻzidan boshqa savodli odam boʻlmagan ekan.
Bir kishi afandini yoniga kelib:
— Menga maktub yozib bersangiz, narigi qishloqda yashaydigan qarindoshimga yubormoqchi edim, - debdi.
Afandi:
— Ilojim yoʻq. Oyoqlarim ogʻriyapti, - debdi.
— Xatni qoʻl bilan yozasiz-ku, oyoqlaringizni nima aloqasi bor? – debdi haligi kishi hayron boʻlib.
— Meni xatimni oʻqish uchun albatta oʻzimni chaqirishlariga toʻgʻri keladi. Men esa bora olmayman, - degan ekan afandi.
Bir toshbaqa barga kirib, bir stakan suv olib ketar ekan.
Bir kun, ikkinchi kun, uchinchi kun...
Oxiri barda oʻtirgan boʻri soʻrabdi:
— Hoy toshbaqa, nega uch kundan beri suv tashiysan? – desa, toshbaqa unga:
— Uch kun boʻldi, uyimda yongʻinni oʻchira olmayapman, - degan ekan.
Oʻzbekiston - Suriya oʻyinidan soʻng championat.atsia saytidan eng qiziqarli izohlar toʻplami:

1. “Choʻpon” oʻzgardi! Lekin qoʻylar oʻsha-oʻsha!
2. Kuperni kimdir aldab, “Shu oʻyinchilar - eng zoʻrlari! deyishgan shekilli!?
3. Yangi avtobus, yangi forma, yangi murabbiy va eski oʻyin!
4. Kuper tarjimonidan “Eng tez qaysi transportda Oʻzbekistondan chiqib ketsam boʻladi?” deb soʻradi...
5. Argentinalik mutaxassis qoʻl ostida futbolchilarimiz oʻzgarib ketgan boʻlsa, tanimay qolsak-a, deb havotirlanayotgan edik. Yoʻq, hayriyat hammasi oʻsha-oʻsha, oʻzimiznikilar. Darrov tanidik!
6. Matbuot anjumani: Kuper tarjimonidan yana bir bor soʻradi “Kim menga tez borib, birinchi reysga chipta olib kelib bera olarkin?!”
7. Ey birodarlar, axir Kuper aytdi-ku, “Ertaga moʻjiza kutmanglar” deb! Futbolchilarimizga farqi yoʻq, ularga kim murabbiylik qilishini...
8. Futbolchilarimiz Kuperni koʻrishdi. “Bir kichkina, oqsoch boboycha ekan” deyishdi.