— Insofing bormi?! Bir oyda olti kishini bosib ketding-a!
— Olti kishi emas, besh kishini! Bittasini ikki martta bosganman.
Ikkita chukcha taygada adashib qolishibdi. Birinchisi ikkinchisga:
— O‘q ot, balki kimdir eshitib qolar... Ikkinchisi o‘q otibdi. Ammo hech yech kim ovoz bermabdi.
— Yana bir marotaba ot! U otibdi, yana jimlik.
— Yana bitta!
— Iloji yo‘q!
— Nega?
— Kamonnig o‘qi tugadi!
Vrach bemorga debdi:
— Havotir olmang. Bu yuragingiz bilan 70 yoshga bemalol kirasiz.
— Doktor, axir hozir men 70 daman-ku?!
— Ana, axir sizga nima degandim...
— Mening o‘g‘lim sizning qizingizni qo‘lini so‘ramoqchi!
— Nima, o‘g‘lingizni o‘zini qo‘li yo‘qmi?
Xotini hammomdan qo‘lida shampun ushlaganicha hovliqib yugurib chiqibdi.
— Adasi, endi tushundim nega semirib ketayotganimni! Mana yozib qo‘yibdi qarang! "Ingichka tolalarni ham baquvvatlashtiradi". Endi men idish yuvish geli bilan cho‘milaman. Unda bunday yozilgan ekan: "Har qanday yog‘larni parchalab, sizni butunlay tashvishdan ozod qiladi"...
Yosh o‘qituvchi maktab hovlisiga kirar ekan, to‘da bo‘lib yig‘ilishib turgan yuqori sinf o‘quvchi qizlariga kinoya qildi:
— Qanday farosatli qizlar-a...?! Dars o‘tmaydigan o‘qituvchilarga salom berishmaydi...
O‘rmonga o‘t ketibdi. Daraxtlar, jonzotlar yonib kul bo‘libdi.
Tirik qolgan hayvonlarni sher bir joyga yig‘ib, shunday debdi:
— Hamma joy yonib ketdi. Bularni barchasi tiklanguncha, oramizdagi eng katta hayvonni yeb turamiz.
Sichqon sekin filga qarasa, filni jahli chiqib:
— Ko‘zing teshilgur, nega menga qaraysan?! - dermish.
Samolyotda qarg‘a, sher va bo‘ri ketayotgan ekan.
Qarg‘a sherni ustidan kulib, haqorat qilibdi. Buni ko‘rgan bo‘ri ham sherni haqorat qilgan ekan, sher uni samolyotdan uloqtirib yuboribdi-da debdi:
— Uchishni bilmasang, nima qilarding ustimdan kulib?!
Ota va o‘g‘il sho‘rva ichib o‘tirishsa, o‘g‘il otasiga:
— Ota sho‘rvangizni go‘shtini menga bering, - desa,
ota o‘g‘liga qarab:
— O‘g‘lim shu go‘shtni yeyman deb bir kosa suv ichdim, - dermish.
Bir yigit do‘stiga debdi:
— Men xotinimni karate seksiyasiga berdim.
— Ho‘sh qalay?
— Yaxshi! Shug‘ullanyapti...
— Sen-chi?
— Men ham... Ovqat tayyorlashni, kirlarni yuvishni, uy tozalashni o‘rganib oldim...