Yosh bola otasidan so‘radi:
— Odamlar katta bo‘lganda o‘zgarishadi? Qolganlar-chi?
— O‘zgaradi. Qo‘zichoq qo‘y bo‘ladi, jo‘ja xo‘roz bo‘ladi...
Bolakay xursand bo‘lib chopqillab ketibdi:
— Ura, Matiz mashinamiz yaqinda Kaptiva bo‘lar ekan...
Telefon suhbatining "Oltin qoidasi":
"Go‘shakni joyiga qo‘yganingga ishonch xosil qilgach, g‘iybatni boshla!"
Ikkita jinni baliq ovlab o‘tirsa, birini qarmog‘iga baliq ilinibdi. Shoshilib birinchi jinniga qarab:
— Endi nima qilamiz? - desa, ikkinchisi:
— Baliqni suvda dimiqtirib, o‘ldiramiz, - dermish.
Qabriston qorovuli boshlig‘iga borib ishdan bo‘shatishini talab qildi.
— Meni ishdan bo‘shating, to‘ydim!
— Iye, nimaga?
— Qabrlarni har kuni oralab yuraman. Qayerga qaramay, "Bu yerda falonchi yotibdi", "Bu yerda pismadonchi yotibdi" degan yozuvga ko‘zim tushadi. Nima, birgina men ishlashim kerakmi bu yerda?
Taksiga bir otaxon o‘tiribdi. Uch ming so‘mga kelishishgan ekan, otaxon bitta besh ming so‘mlik berib tushibdi. Taksichi ikki ming qaytim beraman desa, otaxon yo‘q bo‘lib qolibdi.Taksichi qaytimni bera olmaganidan qayg‘urib yursa, kunlarning birida yana o‘sha otaxonni ko‘rib qolibdi.
— Men o‘sha taksichiman. Qaytimingizni beray desam, yo‘q bo‘lib qoldingiz. Qayoqqa ketib qoldingiz?, - desa, chol jahl bilan:
— Ahmoq ekansan! Mashinani kolodetsni yoniga ham to‘xtatasanmi?! Mashinadan to‘ppa-to‘g‘ri kolodetsga tushib ketgandim! - dermish.
— Sevgi bo‘lmagan gap!
— Sevgi bor! Ana Malohatxon misol. Haqiqiy sevishni undan o‘rganish kerak.
— Esingni yeganmisan? Axir u to‘rt marta turmushga chiqdi. Sevishni kelib kelib undan o‘rganish kerakmi?! Tavba!
— To‘rt martta erga tekkan bo‘lsa ham, o‘ynashi hamon o‘sha bitta odam!
Ikkita futbol ishqibozlari suhbat qurmoqda:
— Bu o‘yinchi haqida fikringiz qanaqa?
— Bu o‘yinchi menga Alisher Uzoqovni eslatmoqda!
— Axir u futbolchi emas-ku?
— Shuning uchun ham uni eslatadi-da...
Ikkita odam poyezd kupesida ketmoqda.
Biri ikkinchisiga:
— Karta o‘ynamaymizmi?! Yo‘l olis...
— Men karta o‘ynashni bilmayman-da.
— Men ham deyarli bilmayman! - deb cho‘ntagidan kartani chiqarib, ikki-uch martta aralashtirishdi-da, birdaniga:
— Voy, bu yerda ikkita karta yetishmayapti. Valet g‘isht va qirol qarg‘a...!
— Internetga kirib "Chiroyli, aqilli, qaddi-qomati kelishgan, mehribon qiz bilan tanishmoqchiman" deb yozib o‘tirsam, bir zumda orzuimdagi go‘zal orqamga kelib qolibdi. Faqat qo‘lida o‘qlov bilan kompyuterimga qarab turgan ekan...