— Agar men boshimni pastga, oyog‘imni osmonga qilib tursam, qon boshimga keladimi?
— Albatta, janob.
— Unda nega tik turganimda, qon oyoqlarimga to‘planib qolmaydi?
— Chunki oyoqlaringizni ichi bo‘m-bo‘sh emas-da!
Yosh bolakay onasiga kelib:
— Oyijon, men hisoblashni o‘rganib oldim.
— Juda-yam yaxshi. Nimani hisoblashni o‘rganding?
— Men hammani ahmoq deb hisoblayman!
Xotin erta tongda eriga:
— Azizim, tushimda menga tilla zanjir sovg‘a qilgan emishsiz. Bu nimani anglatarkin-a?
— Kechqurun bilasan, - debdi eri.
Xotin erining kelishiga chiroyli dasturxon bezatibdi-da, o‘zi ham yasanib olibdi. Eri kelishi bilan nozlanib erkalanib:
— Menga nima olib keldingiz?, - desa, eri:
— Mana, “Tushlar ta’biri” kitobi. Ushla, bu senga! Boshqa boshimni qotirma!, - dermish.
— Ertalab uyg‘onganingda sendan maktab, institut yoki ish? Qaysi biriga borishni xohlashingni so‘rashsa, sen nima degan bo‘larding.
— Men bog‘chaga degan bo‘lardim.
Qizil shapkacha o‘rmonda ketayotsa, oldidan bo‘ri chiqib:
— Salom yashil shapkacha, - debdi.
Qizil shapkacha esa:
— Salom, kul rang, daltonik bo‘ri!, - dermish.
Bir kuni ota-bola uyga Imzo derazalarini o‘rnatayotsa, adasi o‘g‘liga:
— O‘g‘lim, ehtiyot bo‘l! Bu derazalar juda qimmat turadi, - desa, o‘g‘li adasini eshitmay qolibdi-da, derazani sindirib:
— Nima deysiz, eshitmadim...?, - dermish.
Plastik jarrohlik markazida vrach:
— Xonim, agar operatsiya natijasi sizga yoqmasa, biz hammasini qaytarishga tayyormiz, - debdi.
Ayol:
— Pullarimni-mi?
— Yo‘q, ajinlarni!
Uch o‘rtoq mashinada ketayotsa, GAI xodimi to‘xtatib, rulda o‘tirganga qarab:
— Ha, ichdingizmi?, - deb so‘rabdi.
— Yo‘q, - debdi mashinadagilar baravar.
— Unda nega uchchalangiz ham oldi o‘rindiqdasizlar?!
Bir kishining uyida suv jo‘mragi ishdan chiqib, chilangar chaqirtiribdi. U odamning yosh va go‘zal qizi bor ekan.
Ishlab o‘tirgan chilangarning yoniga qiz kelib:
— Agar otam sharob bersa, ichmang! Pul bersa ham ola ko‘rmang! Faqat chekishga bir dona sigaret so‘rang, - debdi jilmayib, nozlanib.
Laqma usta ishlarini tugatgach, qiz aytganidek, bitta dona sigaretni chekibdi-da, ketibdi.
Xursand bo‘lgan otasi esa qiziga qarab:
— Barakalla dono qizim! Keyingi hafta bo‘yoqchilarni chaqiraman, - debdi.
Uchta yosh qiz vokzalda yurib ketayotgan poyezd ortidan "hay-hay"lab yugurib borishayotgan ekan. Bir payt ikkitasi poyezdga yetib, chiqib olibdi. Poyezd jo‘nab ketibdi. Uchinchi qiz esa qo‘lidagi yuklari bilan ularning ortidan xandon otib kula boshlabdi. Vokzal navbatchisi:
— Nega kulyapsiz?, - desa, qiz:
— Anavi poyezdga chiqib ketgan dugonalarim aslida meni kuzatgani chiqishgan edi, - debdi.