Afandi mast holda uyiga kirsa, uyida gaz hidi ekan. Afandi fikrlabdi:
"Hozir chiroqni yoqsam, yonib ketaman" deb, uyga sham yoqib kirgan ekan.
— Ishonasanmi, kechayu-kunduz ishlayman. Tinim bilmayman. Hatto, ulgurmagan ishlarimni uyga olib ketib ishlayman.
— Qayerda ishlaysan o‘zi?
— O‘likxonada bosh vrachman.
Bir kishi jazmanini uyiga kelsa, u yerda xotini jazmani bilan choy ichib, gaplashib o‘tirganmish.
Shunda haligi kishi xotiniga qarab:
— O‘tirishingni qara! Men bo‘lsa ertalabdan beri seni qidiryapman! - debdi.
Bir kuni Alisher Navoiy shogirdi Xo‘ja Osafiyga nasihat qila boshlabdi:
— Men bir narsaga hayronman. Shunday o‘tkir zehnli, baland ta’bli bo‘la turib, she’r yozish bilan shug‘ullanmaysiz.
— Mavlono xo‘b ayturlar. Afv maqomida uzr bayon qilamanki, endi she’r yozishga zo‘r ishtiyoq bilan kirishib ketdim. Hatto kechalari ham she’r yozish bilan mashg‘ul bo‘lyapman. Masalan, o‘tgan kecha ikki pulga olingan sham yonib bitguncha, ikki yuz juft bayt yozdim.
— Undoq bo‘lsa, har yuz juft bayting bir pul ekan-da...
Uyida qo‘l telefonini unutib qoldirgan er ishxonadan xotiniga qo‘ng‘iroq qilyapti:
— Azizim, telefonimni o‘chirib qo‘ysang. Jiringlayverib seni bezovta qiladi.
Xotini:
— Sizga Alisherdan SMS keldi. Bugun tunda kutar emish...! Ko‘ziga uyqu kelmayotgan ekan...! – debdi jahl bilan.
Eri:
— Meni uyga kirgizmaysanmi??? – desa, xotini:
— Nega endi!? Bugun kechasi uxlashingiz uchun darvozani yoniga joy tayyorlab qo‘ydim! – dermish.
Bir kuni ikkita yigit choyxonada osh yegani kelishibdi. Oshni olib kelishgach, qarasa, hamma go‘sht narigi sherigi tomonga o‘tib ketibdi. Shunda birinchi yigit debdi:
— Og‘ayni bilasanmi, faylasuf kim?
— Yo‘q, - debdi.
— Faylasuf shunday odam-ki, u dunyoni mana shu laganday burab qo‘yishi mumkin.
Sherigi qarasa, hamma go‘sht narigi tomonga o‘tib ketibdi.
— Iye, - debdi yigit, - sen faylasufmisan?
— Yo‘q, - debdi do‘sti.
— Unday bo‘lsa qo‘y, dunyo joyida tursin, - deb laganni yana joyiga aylantirib qo‘yibdi.
O‘g‘lim bu yil birinchi sinfga chiqadi. Maktab bozoriga borib, hamma zarur narsalarni xarib qildik.
Ruchka, daftar, kitob, kamar, valerianka ...
Ikkita so‘qqabosh suhbatlashyapti:
— Yaqinda pazandalik kitobini sotib olgandim, ammo undan foydalanishning iloji yo‘q ekan.
— Nega?
— Kitobdagi har bir tavsiya «Toza idishni olasiz» degan so‘z bilan boshlanarkan.
Ota-bola pashshalar axlat yeb o‘tirishsa, bolasi otasiga qarab:
— Ota, nimaga doim biz axlat yeymiz? - desa, otasi:
— O‘g‘lim, ovqat ustida axlatni gapirma! - dermish.
Ikki tilanchi lo‘li ayol uchrashib qolishibdi:
— Voy dugon bormisan, ko‘rinmaysan?
— Ibi hoy, eshitmadingmi qizimni erga berdim!?
— Sepiga nima berding?
— O‘zimga tegishli katta ko‘chani berdim.
— Tutuning chiqsin sani, endi gado bo‘libsan!