Kutubxonada:
— O‘z joniga qasd qilish to‘g‘risidagi kitoblar qayerda?
— Chapdagi uchinchi javonda.
— Axir u yer bo‘m-bo‘shku?
— Bu joydan kitob olganlarning birortasi ham qaytarishmaydi-da.
Tongda uyga kirib kelgan eridan xotini so‘rabdi:
— Kecha qayerda tunadingiz?
— Nodirnikida.
Xotini tezda Nodirga telefon qilib:
— Erim kecha sizlarnikida tunadimi?
— Ha, hozir ham uxlab yotibdi.
— Allo, bu texnika anjomlari do‘konimi? Kecha sizlardan chang yutgich sotib olgan edim. Juda kuchli ishlaydi degandingiz.
— Eshitilmayapti, qattiqroq gapiring!
— Allo, allo. Men chang yutgich qopchasini ichidaman, allo...
Ko‘chada ketayotgan bir qari choldan jurnalist qiz intervyu olyapti:
— Kechirasiz, shu yoshga kirishingizga asosiy sabab nima deb o‘ylaysiz?
— Bilmadim. Kuniga uch quti sigaret chekaman, pulim yetguncha aroq ichaman.
— Qoilman otaxon! Shu yoshga kirib, haliyam aroq ichasizmi?
— Ey, qanaqa otaxon?! Endi 32 ga kirdimku.
Jarroh yoniga peshonasiga vilka sanchilgan bemor kelibdi.
— Doktor, peshonamdagini sug‘urib tashlasangiz!
— Kechirasiz, soat uchdan besh daqiqa o‘tdi. Meni ish vaqtim tugadi. Ertaga keling.
— Jon doktor, shu vilkani olib tashlang. Bir daqiqa vaqtingiz ketadi-ku. Axir meni jonim og‘riyapti...
Jarroh jahl bilan vilkani sug‘urib, bemorning ko‘ziga tiqib qo‘yibdi-da, - boring okulist soat beshgacha ishlaydi, - debdi.
Yigit qizni kaptivada aylantirib yurib qizga:
— Jonim man sani, aldagandim. Mani xotinim va 2 ta bolam bor, - deb tursa
Qiz:
— Ho-o, o‘ling-a. Nima ekan debman-a. Man mashina o‘zimnikimas deyishizdan qo‘rquvdim, - dermish
Zooparkdagi e’londan:
— Delfinlarga banan tashlamang! Birinchidan, ular banan yeyishmaydi, ikkinchidan, och maymunlar cho‘kib ketishyapti...
Futbol o‘yinini tomosha qilayotgan Farhod dadasidan so‘radi:
— Nega hakam o‘yinchilarga qarab hushtak chalaveradi? Nima, ular gapga tushunmaydimi?
Bir yigit 17 yoshida o‘ylanibdi. U 25ga kirganda bolasi 7 yoshga kiribdi.
Bir kuni bolasini maktabdan olib qaytayotsa yo‘lni narigi tarafida 3 ta ketvorgan qiz kelayotganmish, shunda haligi bolasiga qarab o‘g‘lim man hozir anovi qizlani oldiga borganimda dadamas aka deb chaqirgin xop? Yana yomon tushunmagin, desa.
Bolasi:
— Hop, dada siz xijolat bo‘mang, o‘zi har kun ko‘chada oyimni opa deb o‘rganib ketdim dermush.
Sudya sudlanuvchiga:
— Nega o‘zingizga himoyachi olmadingiz?!
Sudlanuvchi:
— Janob sudya qaysi advokatga murojaat etmay, jinoyat ishida aytilgan o‘sha besh million dollarni xaqiqatdan olmaganimni eshitishlari bilan menga himoyachi bo‘lishni rad etishyapti.