Sudya sudlanuvchiga:
— Nega o‘zingizga himoyachi olmadingiz?!
Sudlanuvchi:
— Janob sudya qaysi advokatga murojaat etmay, jinoyat ishida aytilgan o‘sha besh million dollarni xaqiqatdan olmaganimni eshitishlari bilan menga himoyachi bo‘lishni rad etishyapti.
Zamonimiz yoshlari hozirda Romeo va Juletta, Toxir va Zuxra bo‘lamiz deb ota-ona bo‘lib qolishyapti.
Bir kishi sahroda ketayotgan ekan. Suvi qolmasdan, tinkasi qurib, o‘lar holatga kelganida uzoqdan «300 metrdan keyin SUV!», degan yozuvli strelkani ko‘ribdi.
Bir amallab o‘sha tarafga yo‘l olibdi. Keyinroq «200 metrdan keyin SUV!!!», degan strelkani ko‘ribdi. Oxirgi kuchini to‘plab keyingi strelkagacha yetib olibdi.
Oxirgi Strelkaga «100 metrdan keyin suv», degan yozuv bo‘lib strelka yer tomonga(pastga) qaratib qo‘yilgan ekan.
Bir kishi o‘rmonda adashib qolibdi va baqira boshlabdi. Bir payt yelkasiga kimdir qo‘lini qo‘yibdi. Qarasa ayiq!
— Nimaga baqiryapsan, odam?
— Kimdir eshitadimi dedim.
— Mana, men eshitdim. Bundan senga foyda bo‘ldimi?
— Eshmat peshonangdagi shish qayerdan paydo bo‘ldi?
— Anavi devordagi qoziqni ko‘ryapsanmi?
— Ko‘ryapman.
— Men esa ko‘rmadim.
Xotin eriga:
— Adajonisi, esizdami ko‘cha boshidagi chinor, o‘sha chinor tagida tanishib bir-birimizga ko‘ngil qo‘ygandik, mana turmush ham qurdik.
— Esizdami o‘zi a?
Er:
— Ha, esimda. Nimaga uni eslab qolding?
Xotin:
— O‘sha chinorni yashin urib, yonib ketibdi.
Er:
— Unga bu ham kam...
Ba’zi bir semiz qizlar ozish uchun diyeta tutib, turli hil o‘tlar va ko‘katlarni yeyishadi.
Agar o‘t yeb ozish mumkin bo‘lganda edi, sigirlar model bo‘lardi...
Afandining bir savdogar oshnasi uning tilla uzugiga suqlanib yurar edi.
— Afandi,— dedi u bir kuni — men sizni tez-tez ko‘rib turmasam sog‘inib qolaman. Uzoq safarga ketyapman, qo‘lingizdagi uzugingizni bersangiz, taqib olsam, qachon uzukni ko‘rsam, sizni ko‘rgandek bo‘lib yuraman.
Afandi uzukni berishga ko‘zi qiymay, javob berdi:
— Jon birodar, men ham sizni tez-tez ko‘rmasam turolmayman, qo‘ying, uzuk menda tursin, qachon uzukka ko‘zim tushsa: «Do‘stim tilaganda bermagan edim» deb sizni eslab yuraman.
Yigit kutubxonaga kelib kutubxonachi ayoldan so‘rabdi:
— Menga ayolni qadrlash degan kitob kerak edi, shuni topib bersez..
— Fantastika kitoblari chap tarafda...
Kunlardan birida bir qiz sehrgarni uchratib qolibdi. Sehrgar qizga qarab:
— Tila tilagingni, - deb aytibdi.
Qiz:
— Hamma bolla, mani orqamdan yugurib yurishsin, - deb tilak bildiribdi.
Sehrgar qizni koptokka aylantirib qo‘yibdi.