— Ta’tildan qaytib kelguningcha hamma uy jihozlaring joyida ekanmi?
— Ha, bo‘lmasam-chi! Hatto chiroq ham yoqilganicha turgan ekan.
— Xotinimni tug‘ilgan kuniga nima sovg‘a olishni bilmayapman...
— O‘zidan so‘rab qo‘ya qolmaysanmi?
— Yo‘g‘-ye, unaqa ko‘p pulni qayerdan olaman?!
Bir erkak oyoqda tura olmaydigan ahvolda mast bo‘lib o‘yga kelibdi.
“Jahl otiga mingan” xotini endi baqiraman desa, eri qo‘lini labiga qo‘yib:
— Tsh-sh-sh, jim! Men bir narsa topdim, - debdi.
— Nima? – debdi xotini.
— Sabr qil. Ertalab aytaman, - deb uxlab qolibdi eri.
Tong otishini sabrsizlik bilan kutgan xotin, eri uyg‘onishi bilan so‘rabdi:
— Ho‘sh, topgan narsangizni ayting endi!
Eri:
— Aytsam ishonmaysan... Yangi mayxona topdim, - dermish.
Yosh bo‘lsa ham haqiqatni biladi.
— Bolakay, sen katta bo‘lsang kim bo‘lmoqchisan?
— Katta bo‘lsam, katta bo‘lsam-chi... Albatta butun dunyoni aylanib chiqaman. Hamma davlatlarni ko‘rib, sayyohat qilib yuraman. Ko‘p mashinalarim, millionlab muxlislarim bo‘ladi. Hech qanday ish qilmasam ham katta oylikni olaveraman-olaveraman...
Men katta bo‘lsam – futbolchi bo‘laman!!!
Bir kuni ikki dangasa olma daraxtini tagida o‘tirgan ekan, biri debdi:
— Qani edi, daraxtdan olma tushsa, mazza qilib yer edik...
Ikkinchisi unga dermish:
— Qo‘ysang-chi, olmani kim chaynaydi...?
Vrach qabuliga kirgan qari otaxon shikoyat qilmoqda:
— Bolam, mazam yo‘q! Bittasini yuklayman, ikkinchisini yuklayman, uchinchisini yuklay boshlaganimda tobim qochadi...
Vrach hayron bo‘lib:
— Otaxon, men yosh bo‘la turib shuncha kuchim yo‘q. Siz nega og‘ir yuk tashib yuribsiz? – debdi.
Otaxon:
— Qanaqa yuk? Men internetdan filmlarni yuklab o‘tiraman!
Ziqnaroq bir odam taksi to‘xtatib so‘rabdi:
— Falon joygacha borsam, qancha bo‘ladi?
Taksichi unga:
— 10 ming bo‘ladi, - debdi.
Haligi odam pulni eshitib:
— Unda shu yuklarimni o‘sha joyga olib borib tashlang. Men orqangizdan yugurib yetib olaman, - dermish.
Shifokor bemordan so‘radi:
— Ho‘sh, bugun qanday uxladingiz?
Bemor javob berdi:
— Shu..., tungi ko‘ylakda, yalang oyoq, qorong‘u xonada uxladim.
Bir erkak bozorda aylanib yursa, qari otaxon qog‘ozga o‘ralgan bir narsa sotib o‘tirgan ekan.
Erkak qiziqib so‘rabdi:
— Otaxon, nima sotyapsiz?
— Perforator. Ko‘rasanmi? – deb qog‘ozni ochsa, ichidan katta miltiq chiqibdi.
Erkak hayratda:
— Otaxon, axir bu miltiq-ku!? – desa, otaxon:
— Bilmasam bolam... Lekin asfaltni yaxshi teshar ekan, - dermish.
Nazarboyev Tokayevga rulsiz mashina sovg‘a qildi.
Tokayev:
— Nursulton Abishevich, kechirasiz. Lekin men uni qanday boshqaraman?
— Sen muhimi gazni bos! Boshqarishni esa menga qo‘yib ber.