Bir kuni pomidor bilan bodring cho‘milayotgan ekan. Yoniga karam kelsa,
— Kel, cho‘milamiz! – deyishibdi.
Shunda karam:
— Hozir yechinib olay, - deb yechinib-yechinib yo‘q bo‘lib ketgan ekan.
Bog‘chada ikkita bolakay o‘yinchoq mashinani olib tortishmoqda:
— Bu meni mashinam. Uni men haydayman!
— Yo‘q, meni mashinam. Men haydayman!
Tarbiyachi ularni tinchlantirib debdi:
— Bo‘ldi urishmanglar. Mana, Sardorni qaranglar, mashinani talashmayapti...
Sardor bo‘lsa:
— Kaliti menda-ku, o‘zim haydayman-da baribir... – dermish.
31 dekabr ijtimoiy tarmoqlarda yil sarhisoblari kuni. To‘xtatib bo‘lmas yolg‘on kuni
Uchta xotin suhbatidan:
Birinchi xotin:
— Erim har bayram kunlari to‘yib aroq ichadi.
Ikkinchi xotin:
— Meni-yam erim ichadi. Faqat choyxonaga borgan kunlari ichadi.
Uchinchi xotin:
— Meni erim... – deb tursa, eri kelib qolib debdi:
— Xotin, kalendarga qara-chi, bugun bayrammi? “Yo‘q” deysanmi!? Unda men choyxonaga ketdim, – dermish.
Chet elda qattiq shamol tufayli yuz minglab odamlar elektr tokisiz qolsa jar solishadi.
Lekin ayrim hududlarda hech bir sababsiz, minglab odamlar elektr tokisiz qolsa hech kimni ishi yo‘q.
Uyqu Wi-Fi ga o‘xshaydi. Ko‘chada, ishda, o‘qishda bizni topadi. Lekin kechqurun o‘rnimizga yotganimiz zahoti, “Tochka dostup ne naydeno” bo‘lib qolaveradi.
Haydovchi:
— Hoy usta bola, burama mixlaring asfaltga to‘kilyapti.
Bola:
— Men hali usta emasman, vulkanizatsiyada shogirdman!
Ikkita g‘iybatchi ayol ko‘chada gaplashib turishibdi:
— Hoy o‘rgilay, anavi Shoiraxon bor-ku, narigi mahalladagi... Kecha poliklinikaga chiqsam, o‘shani ko‘rib qoldim deng. Uyalmay-netmay, poliklinikani yo‘lagida pista chaqib turibdi!
— Voy, qo‘rib ketsin!
— Uni pista chaqishiga qarayman deb, qo‘limdagi pivoni tushurib yubordim.
Bir qizaloqdan soʻrashibdi:
— Dadangni yoshi nechida?
— Toʻrtda, - debdi qizcha.
— Qanaqasiga? – deyishsa,
— Dadam men tugʻilgandan keyin, dada boʻlganlar, - debdi.
Bir kishi yoʻldan oʻtib ketayotsa, afandi mushugini yuvintirib turgan emish. Shunda yoʻlovchi afandiga:
— Mushugingizni yuvmang, oʻlib qoladi, - desa afandi:
— Seni nima ishing bor, - deb javob qilibdi.
Biroz vaqt oʻtib haligi yoʻlovchi qaytib oʻtayotsa, afandining mushugi oʻlib qolib. Afandi tepasida yigʻlab turganmish.
Shunda yoʻlovchi afandiga:
— Men sizga aytgandimku, mushugingizni yuvmang, oʻlib qoladi deb. Gapimga kirmadingiz. Mana ahvoli! - desa. Afandi yoʻlovchiga qarab:
— Mushugimni yuvganda oʻlgani yoʻq. Tezroq qurisin deb yaxshilab suvini siqgandim, oʻlib qoldi, - dermish.