— Tushimda bo‘ydoq emishman, seni qo‘lingni so‘rabman.
— Namuncha xursandsiz?
— Sen rad javobini beribsan.
Kotiba boshlig‘iga dedi:
— Xotiningiz telefonda iltimos qilyapti.
— Iltimos qilyapti? Unda bu mening xotinim emas!
— Shanba kuni to‘yga borishim kerak. Lekin hecham borgim kelmayapti.
— Unday bo‘lsa borma.
— Bormasam bo‘lmaydi-da, kuyov o‘zimman!
— Ayblanuvchi Qodirov! Siz soliqlarni to‘lashdan aynan prokuror gapirib bergan usullar bilan qochganmisiz?
— Yo‘q. Lekin prokuror aytib bergan usullarni ham ko‘rib chiqish kerak, albatta.
Afandi yangi uy qurdirish niyatida chiroyli, baland uylarga qarab yurgan ekan. Bir kuni oldidan judayam hashamatli uy chikibdi. Bu uy afandiga yoqib, uyni qurgan ustani topmoqchi bo‘lib tursa, bitta rus yigit o‘tib qolibdi.
— Bu uyni kim qurganini bilmaysanmi?, - desa,
— Ya neznayu, - debdi yigit.
Afandi esa bu "Ya neznayu" deganlari ustani ismi deb o‘ylabdi. Uni qidirib ketayotsa, oldidan yana bitta chiroyli uy chiqibdi. Bu uy oldingisidan ham chiroyli ekan. Bu uyni qurgan ustaga uyimni qurdiraman, degan hayolda tursa, oldidan rus ayol chiqibdi.
— Bu uyni kim qurganini bilmaysizmi?, - debdi afandi.
Ayol esa:
— Ya neznayu, - deb javob qaytaribdi.
— "Ya neznayu" degani o‘ylaganimdanam zo‘r ekan. Bu ustaning uyini albatta topaman, - deb ketaveribdi.
Bir payt oldidan qabr chiqibdi. Qabrning yonginasidan o‘tib ketayotgan rus choldan:
— Bu kimning qabri?, - so‘rabdi afandi.
Chol esa:
— Ya neznayu, - debdi.
Afandi cholning javobini eshitib:
— Kech qolibman-da, - degan ekan.
Bir kuni afandi mardikor bozoriga borib qarasa, odamlar faqat kuchli, baquvvat yigitlarni ishga olayotgan ekan. Afandi nima qilishini bilmay, hiyla ishlatmoqchi bo‘libdi. Hamma mardikorlarni yig‘ib:
— Hammangizni hozir ishga olib ketishadi, hov anavi yerga borib turinglar, mashina kelsa ketasizlar, - deb aldabdi.
Bir pasta mardikor bozor bo‘shab qolgan ekan, zum o‘tmay afandini bir odam kelib ishlashga olib ketgan ekan.
Qiz yigitiga:
— Jonim nimaga jimsiz? Biror narsa gapirib bering. Zerikib ketdim.
Yigit:
— Nimani gapiray? Qulog‘ing kar bo‘lsa seni. Hech narsani eshitmasang. Gapirganim bilan nima foyda?, - desa,
Qiz:
— Voy, keyinchi? Keyin nima bo‘ldi?, - dermish.
Yo‘lda ketayotgan qizning yonidan o‘tib borayotgan mashina oynasidan:
— Mashinaga o‘tir, konfet beraman, - debdi bir kishi.
— O‘tirmayman, - javob beribdi qiz.
— O‘tirsang ikkita konfet beraman.
— O‘tirmayman, ketavering!
— Chiqaqol endi mashinaga, senga uchta konfet beraman.
— Dada, bu Tikoni o‘zingiz sotib oldingiz! Unda o‘zingiz yuravering!
Bir dehkon sabzi ekib, hosilini sotib yurarkan. Lekin hecham tug‘ilib o‘sgan qishlog‘iga bormasakan. Chunki uning qishlog‘ida hamma bir-biriga laqab qo‘yarkan. Bir kuni dehqon hamqishloq tanishini ko‘rib qolibdi.
— Nega qishloqqa bormaysan?, - debdi tanishi.
— Chunki menga ham laqab qo‘yishadi, - debdi dehqon.
Shunda hamqishlog‘i:
— Seni laqabing allaqachon "quyon" bo‘pketgan, - dermish.
Yigit bilan qiz bir-birlarini qanchalik qattiq sevishini isbot qilmoqchi bo‘lib, ko‘p qavatli uyning tomiga chiqishibdi:
—Uchgacha sanab birgalikda sakraymiz, - debdi yigit.
— Xo‘p, shunday qilamiz, - debdi qiz ham.
Yigit bir, ikki, uch degan ekan qiz pastga sakrabdi, yigit esa sakramasdan tepada qolibdi. Yigit bir payt qarab tursa, pastga tushib borayotgan qizning katta parashyuti ochilgan ekan...