Yoshgina yigit ko‘chadagi kafeda ovqatlanib o‘tirsa, yoniga shirakayf daydi kelib:
— Ukam. Ovqatingdan mengayam qoldirgin, - debdi. Haligi yigit bo‘lsa:
— Manavi kabobdanmi? Ha, manavi oshdanmi?, - deb hamma narsani yeyaveribdi.
— Mayli, nimadan bo‘lsa ham, - debdi shirakayf kishi.
Yigit esa katta-katta yeyishda davom etib:
— Osh, kaboblarni ta’mini ko‘rmoqchimisiz, - deb, oxiri ovqatlarini tugatgach, — Ovqatni mazasini ko‘rish uchun ishlash kerak, - degan ekan.
To‘qqizinchi sinfgacha aroq bilan pivoni aralashtirganlar, sal keyinroq beton aralashtirib yuradilar.
— Azizim, negadir kechasi uxlab, orom ololmayapman!?
— Bu tabiiy hol. Yovuzlik o‘zi hech qachon tinchimaydi.
Er xizmat safaridan qaytib kelib, kiyimlarini olish uchun shkafni ochsa, u yerda begona bir kishi o‘tirganmush.
— Nima qilyapsan bu yerda?!, - desa
— Pokemon qidiryapman, - dermish.
Yarim tunda bir ayolning telefoni jiringlabdi:
— Allo, kim bu?
Go‘shakdan mast erkakning ovozi kelibdi:
— Hozir men telefonda gapiryapmanmi?
Ayol asabiylashib:
— Yo‘q, televizorda gapiryapsan!
— Voy, jonli efirga kiyimsiz chiqdimmi?!
Bir kishi xiyobondagi o‘rindiqda hafa bo‘lib o‘tirsa, yonidan o‘tib ketayotgan odam so‘rabdi:
— Nega g‘amginsiz? Nima gap?
— Yonimga o‘tirgin, aytib beraman!
Haligi odam ham o‘rindiqqa o‘tirib, - nima bo‘ldi?, - desa,
— Biz o‘tirgan o‘rindiqni yaqinda bo‘yab ketishibdi, - dermish.
Bir ayol xudoga nola qilibdi:
— Ey xudo! Nimaga menga oliyjanob turmush o‘rtoq uchratmaysan?
Shu payt ayolga samodan tovush eshitilibdi:
— Senga orzuingdagi erkaklarni yubordim. Sen ular bilan do‘st ekaningni aytib, o‘zing qayoqdagi ahmoqlar bilan uchrashib yuribsan.
Xotin eriga:
— Kecha cho‘kayotganimda meni qutqarib qolgan odamni ko‘rdingizmi?, - desa,
— Ha, ko‘rdim. Kecha kelib mendan uzr so‘rab ketdi, - debdi eri.
70 yoshli qari boy 18 yoshli qizga uylanibdi. Qari boyning do‘sti so‘rabdi:
— Qanday qilib yosh qizni senga turmushga chiqishga ko‘ndirding?
— Buni yo‘li oson. Men uni aldadim.
— Nima deb aldading?
— Men unga yoshim 90 da deb aytdim.
Er-xotin janjali: Xotin:
— Siz meni hamma qarindoshlarimni yomon ko‘rasiz.
— Gaping noto‘g‘ri. Mana misol uchun, seni qaynonangni judayam yaxshi ko‘raman.