— Ayriliqda yashash jonimga tegdi. Muzlatgichni xonamga ko‘chirib o‘tkazaman, tamom!
Bir yigit do‘stiga:
— Qarz berib tur, albatta qaytaraman!
— Bermayman, keyin qaytarib berolmaysan.
— Nima, menga ishonmayapsanmi?
— Senga ishonguncha, Ahmadboyga ishonganim yaxshi!!!
— Nega barcha film qahramonlari ertalab yuvinib bo‘lgach, nonushta qilishga, gazeta o‘qishga-yam ulgurishadi?
Men har kuni ertalab yuvinib-kiyinishga zo‘rg‘a ulguraman ...
Sochi to‘kilib, kal bo‘layotganlarga retsept:
Boshingizga asal surib, uch kun kuting. So‘ng asalga qo‘ngan pashshalarni cho‘chitib, uchirib yuboring. Pashshalarning oyoqchalari esa boshingizda qoladi.
Bir kuni afandining darvozasi taqqillab qolibdi.
— Kim u?, - debdi afandi.
— Uy egasi bormi?, - so‘rabdi tashqaridagi odam.
— Gazdanmisiz yoki svetdanmi?, - debdi yana afandi.
— Kollejdanman!
— Kollejga-yam pul to‘lanadigan bo‘ldimi?
— Yo‘q, o‘g‘lingizni o‘qishga jo‘natsangiz bo‘ldi...
Bir yigit Sibirga, do‘stini uyiga mehmonga boribdi. Ovqatlanib o‘tirsa, oyog‘ini ostidan kalamushdek keladigan jonzod o‘tib qolibdi.
Shunda mehmon:
— Shu sovuqda kalamush nima qiladi?, - desa.
Mezbon:
— Bu kalamush emas. Palto kiygan suvarak!, - dermish.
— O‘rtoq, tayyor mahsulotlarni ombordan olsam arzonroq-mi yoki dilerdanmi?
— Ey do‘stim, ombor qorovullaridan olsang arzon bo‘ladi!
Bir kuni hindular qabilasi boshlig‘i qabiladoshlariga yadro quroli yasashni buyuribdi. Qabiladagilar darhol bitta katta daraxtni yiqitib, ichini o‘yib, porox bilan to‘ldirishibdi. Chetiga pilik ham o‘rnatishibdi.
— Endi qaysi davlatga otamiz bu qurolni?, - debdi qabilaboshi.
— Amerikaga!, - debdi hamma.
Bir payt hindular pilikni yoqib yuborishgan ekan, hamma yoq portlab, to‘s-to‘polon boshlanib ketibdi. Shunda hindular boshlig‘i vayronalar orasidan:
— Bizda shunaqa bo‘lsa, Amerikada nima bo‘layotgan ekan?!, - deb baqirarmish.
— Qachon oylik berisharkin?
— Hisobchimiz qaytganidan keyin.
— Nima, u kasalmi?
— Yo‘q, qidiruvda!
Ayollar hammomiga o‘t tushibdi. O‘t o‘chiruvchilar kelishsa, hammomni oldida bir kishi qotib-qotib kular, o‘t o‘chiruvchilarga qarab hadeb, — Kech qoldinglar, kech qoldinglar, - dermish.
— Nega kech qolarkanmiz? Hammom hali yonib tugamadiku, - deyishsa
Haligi kishi:
— Hammom yonib tugamadi-yu, yalang‘och xotinlar tum-taraqay bo‘lib qochib bo‘lishdi, - dermish.